Explanatory dictionary
turmush
турмуш
Meanings
- . Insonning, millat va xalqning yashash, kun kechirish tarzi, kundalik hayoti.
- . Nikoh asosida yuzaga keladigan hayot, er-xotinlik holati, shu holatdagi hayoti.
- . Kishining butun borligʻi, boʻlgan-turgani.
- Turmush(i) buzilmoq Er-xotinlik holati va shu holatdagi hayot barham topmoq.
- Turmush oʻrtogʻi Er-xotinlik holatidagi shaxsning har biri (er va xotin bir-biriga nisbatan).
- Turmush qilmoq 1) turmushga chiqmoq.
- Turmush qurmoq turmush qilmoq.
- Turmushga chiqmoq Erkak bilan oila qurmoq; erga tegmoq.
Examples
- Yorqin turmush. Farovon turmush kechirmoq.
- Yaxshi ishlasak, oʻz turmushimiz farovon, yurt obod boʻladi. — Oybek — O. v. shabadalar.
- Turmush qattiqchiligini tatib pishgan Botirali dunyoda moʻʼjiza boʻlmasligini yaxshi biladi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Oʻrmondagi turmushni oʻz koʻzing bilan koʻrib turibsan. Har bir qultum suv, har bir burda non hisobli. — I. Rahim — Chin muhabba.t
- Umarali qisqa vaqt ichida oʻz hayotida yuz bergan oʻzgarishlarni esladi, keyin Gʻozining betayin turmushini koʻz oldiga keltirdi. — I. Rahim — Ixlos.
- Begimxonning koʻz oldida xarita emas, Erali jonlandi. Qanday totli edi ularning turmushi! — I. Rahim — Chin muhabbat.
- U turmushi omonat ekanini, qachondir oilasi buzilishini koʻpdan koʻngli sezib yurar, ammo bunchalik sharmanda boʻlishini oʻylamagan edi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Uning turmushi shu.
- Agar shunday tashlab qoʻyila bersa.. oʻrtaga sovuqchilik tushadi, oqibatda turmushlari buziladi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Rustam uyiga shirakayf keldi. Bir ozdan soʻng turmush oʻrtogʻi Shohista ham ishdan qaytdi. — Gazetadan.
- Shu bola oʻksimasin, deb turmush qilmadim, non zavodiga kirib ishlab, oʻgʻlimni oʻqitishga kirishdim. — "Mushtum".. 2) er-xotinlik holatida yashamoq.
- Yigirma yil turmush qilib, bola koʻrmadim. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Biroq, nayrangboz Abduvohid Hurixon Sattorova bilan ham silliqqina turmush qilib keta qolmadi. — "Mushtum".
- Ona shoʻrlik yigirma ikki yo'shida beva qolib, shu-shu turmush qurmadi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- Turmush qurganiga uch yil boʻlibdi-yu, hamon bu uyga koʻnikib ketolmaydi. — Gazetadan.
- Qizlarning erki oʻzida, sevib, sinashib turmushga chiqishadi. — "Guldasta".
- Toʻrtinchi sinfga oʻtganimda, onam oʻzi bilan maktabda ishlaydigan oʻqituvchiga turmushga chiqdi. — U. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Source: Wiktionary
Views: 0