Explanatory dictionary
tutilmoq
тутилмоқ
Meanings
- Tutmoq fl. oʻzl. va majh. n.
- Duchor boʻlmoq, yoʻliqmoq.
- Gap-soʻzini davom ettirolmay qolmoq; tili aylanmay qolmoq.
- Gap-soʻzida ravonlik yoʻqolmoq, toʻx-tashlar, gʻoʻldirash yuz bermoq.
- Tili tutilmoq Tili gapga kelmay qol-moq, gapida tutilish(lar) boʻlmoq, gapirol-may qolmoq. -Uyalmay qoʻya qol, oʻgʻlim.. Rah-matlik.. — degan joyida oyimning tili tutshchdi. H. Nazir, Yonar daryo.
- Boshqa jismlar yoki ularning soyasi bilan bekilib qorongʻilashib qolmoq (asosan Oy va Quyosh haqida).
- Yordamchi soʻz vazifasida bog-lama boʻlib keladi; hisoblanmoq. Maʼzur tutshgadi. n
Examples
- Jinoyatchi kecha tutildi. Tutilgan baliq-larni pishirmoq. Derazalarga parda tutilgan edi. Kurt tutilgan xona. Hovli doim ozoda tutiladi. Sir tutilgan ish. Ish bilan tutilib qolmoq. Nazarda tutilgan vazi-falar. yat
- Koʻtarildi chang-toʻzon, Kunning yuzi tutildi. — "Oysuluv". Hammaoʻsha tomonga yuzlandi. Chiroq mymwidu. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Eshikdan kelganda, qoʻliga iliq suv tutildi.. tagiga koʻrpacha toʻshaldi. — "Mushtum".
- Yomgʻirdan qu-tulib, qorga tutildim. n
- Hasanali "Qu-tuldim!" degan edi, yana togʻdek qaygʻuga tutildi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Choʻpon dovdirab, tutilib qoldi, oqarinqirab ketdi. Nima de-yishini bilmay, qoʻlidagi chaqsyuqni koʻrsat-di. — A. Muxtor — Chinor.
- Rahim Saidov nima javob qilishini bilmay, tutilib qoldi. Shofyor buni sezib, xijolatlikdan qutqardi. — Oʻ. Umarbekov — Yoz yomgʻiri. Janob tutshshb, lom-mim deyolmay qoldi. U bir lahzadan soʻng qizarib, yana savol berdi. Mirmuhsin, Nuqra.
- \Umara.sh:\ Rus tilini picha bilib qoldim; tutilib boʻlsa-da, gaplashadigan boʻlyapman. — Oybek — Ulugʻ yoʻl.
- Ibrohimov hech tutilmaganidan keyin, koʻz-oynagini peshonasiga surdi-da.. uning afti-ga tikildi. U birovdan xursand boʻlganida shundoq qilar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chi-rokdari. Qoloq sex boshliqlari birin-ketin minbarga chiqib, tut i. i i b-tut il i b hisob ber-dilar. A. Muhiddin, Yuzga aytganning zah-ri yoʻq.
- Suvonjonning tili tutildi. Beixtiyor dadasi koʻz oldiga keldi. Tomogʻiga bir nima tiqshgganday boʻldi. S. — Anorboyev — Oqsoy.
- Oʻrtanib gapirayotgan Boburning tili tutilayotganidan tabib chol hayratga tushib, unga tikilib qoldi. — P. Qo-dirov — Yulduzli tunlar.
- Oy tutilgan tun hali ham esimda. yat
- -Kun tutildi, — deb shu choq mardum bor abzalini dangʻillat-di. — "Erali va Sherali".
- Ikkinchi, Otabekka bu yoʻlda koʻmakchi boʻlib yurgan Margʻilon fuqarosi Mirzakarim qutidor ham shu jazoga sazo-vor tutiladi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Source: Wiktionary
Views: 0