Explanatory dictionary
uchmox
учмох
Meanings
- Jannat, bihisht.
- Kishi baxtli hayot kechiradigan goʻzal va farovon joy; jannat.
Examples
- uchmoxda bir arig' turur. Suyi asildan suchugroq va sutdan oqroq va qordan sovuqroq. — Tafsiri Charxiy — Mavlono Ya‘qubi Charxiy
- Umring yorugʻ, Vataning — uchmox, Mendan soʻra, Men yonib oʻtdim. — Mirtemir
- Odamlar undan: "Nima ish bilan mashgʻulsiz?" deb soʻrasalar, aksar vaqt: "Gunohga botgan Hirotda bir uchmox quryapmiz!" degan javobni qaytarishni sevar edi. — Oybek — Navoiy
Etymology
Eski turkchadagi uştmaχ yoki uçmak "jannat" so'zidan kelib chiqqan. Bu so'z aslida sug'dcha ˀwştmğ so'zidir. Bu so'z Xristiyan va Moniylik dinlarida jannat ma'nosini bildirgan.
Source: Wiktionary
Views: 0