Explanatory dictionary
uloq
улоқ
Meanings
- II 1 Echki bolasi.
- Har bir otliq oʻrtaga soʻyib tashlangan uloqni (odatda echki yoki kichikroqbuzoqni) bir-biridan kuch bilan tortib olib, tezroq marraga eltib tashlash uchun kurashishdan iborat milliy sport oʻyini; koʻpkari.
- Shunday sport musobaqasida oʻrtaga tikilgan — soʻyib tashlangan echki yoki bu-zoq. [
- Uloq bermoq 1) ulokda chopiladigan, oʻr-tadan olib, marraga yetkazib tashlanadigan echki, buzoq kabini bermok.
Examples
- Hozir yuzlab mayin junli qoʻzi va uloqqa egamiz. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Koʻz oldimga koʻm-koʻk oʻtloqlar.. oʻtlab yurgan jajji uloqlar, barra qoʻzichoq-lar keladi. — N. Fozilov — Qush qanoti bilan.
- Ot boqqaning — uloqqa, Qoʻy boqqaning — qoʻ-noqqa. Maqol. n
- Uloqda otdan yiqilib boshi yorilgan, qoʻl-oyogʻi singan chavandozlar inqillashib yotmoqda. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Himmatning zveno-sidagi yigiggiarning ikkitasi front koʻr-gan.. qolganlari uloqlarda sovrin olgan yi-gitlar edilar. — M. Muhamedov — Qahramon izidan.
- Qambar:] Uloq olish uchun chavandoz boʻ-lish kerak, ukam Obidjon! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ana, bir otliq boshsiz uloqni taqimiga bosib, toʻyxonadan chiqdi. — T. Mu-rod — Yulduzlar mangu yonadi.
- Har kun ikki yuz qozon osh dam/shnar.. ikki yuzlab uloq beri-lar, mamlakatdan toʻyga keluvchi aʼyonga har kun minglab toʻn kiydirilar edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon; 2) uloq oʻyinini tashkil qilmoq, oʻtkazmoq.
- Uloq bergan kishi sovrin ham beradi-da. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ruxsatsiz uloq bergan kishiga jarima so-linur. — "Mushtum". Uloq chopmoq Uloqoʻyini-da qatnashmoq.
- Dadam Mahkamning bobosi-ning uloq chopishini gapiraversa, kishi hay-ron qoladi. — A. Qodiriy — Uloqda. Uloq qil-moq Biridan biri olib, olib qochib oʻyin qilmoq, uloq kabi oʻyin qilmoq.
- Tagʻin ehtiyot boʻl, qoʻrboshilar oʻgʻirlab ketib, uloq qshshasin. — Oydin — Hikoyalar. Uloqni olmoq Ulokda, umuman, musobaqada gʻolib chiqmoq, gʻalaba qilmoq.
- Bu safar uloqni mehmonlar olishdi. n
- Andijan, Surxondaryouloqni olib, Xorazm, Qashqadaryo quvlashib borib.. — A. Poʻ-lat — Tasadduq.
Source: Wiktionary
Views: 0