Explanatory dictionary
uvoq
увоқ
Meanings
- Uvatilgan narsaning kichik bir boʻlagi, uvalgan qismi; ushoq. Zokir.. boston pidjagining yengiga yopshigan non uvogʻi-ni chertib tashladi. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Jussasi kichik, mayda.
- Umuman, mayda, kichik.
Examples
- Binoning tashqi tomoni marmar taxtalar hamda marmar uvoqlari bilan pardozlangan. — Gazetadan.
- [Sherbek:] Qoramol bilan uvoq molga bu yerda toʻplaydi-gan yem-xashagimiz bemalol. — S. Anorboyev — Oq-soy.
- Bunday murakkab mashinani mendek uvoq-qina bir qiz boshqarishini qayoqdan bilar edi ular. — N. Safarov — Uzoqni koʻzlagan qiz.
- U, Dilbarxon tasavvur qilganidek, ioʻgʻon, bar-vasta emas, balki 55 yoshlardagi uvoqqina odam edi. — X. Toʻxtaboyev — Sadoqat.
- Uvoq mak-sad uchun tarixni chaplab, Homiylarni, zakiy-larni sotganlar ozmi? — A. Oripov — Yillar armoni.
Source: Wiktionary
Views: 0