Explanatory dictionary
uya
уя
Meanings
- Yovvoyi hayvonlar, qushlar va hasharotlarning yashash va koʻpayish uchun moslab yasagan joyi, uyi; in.
- q.x. Urugʻni tashlash, ekish uchun ochilgan chuqurcha, joy.
- Yomon niyatli kishilar oʻrnashgan yoki uchrashadigan, toʻplanadigan joy, makon.
- Fitna, vahima, qaygʻu va shu kabilar koʻplab mavjud boʻlgan yoki paydo boʻladigan joy, makon.
Examples
- Qaldirgʻoch uyasi. Arining uyasi. Yumronqoziqning uyasi. Boʻri uyasi. Qush uyasida koʻrganini qilar. — Maqol.
- Yoʻlbars bolasini tutmoq uchun yoʻlbars uyasiga kirmoq kerak. — Maqol. m
- Qush doʻstlari, qushlarni kuting, daraxtlarga uya oʻr-natib. — 3. Diyor.
- Qayerdadir oʻrgimchak uyasiga ilingan pashsha gʻingʻillar edi. — A. Qahhor — Sarob.
- Har uyaga maʼlum miqdorda chigit ekishga koʻchish.. eng muhim masalalardandir. — Gazetadan.
- Endi chigitni juyakka emas, uyaga jar ekanmiz, Hatambek. — N. Safarov — Hayot maktabi.
- Josuslar uyasi. Tekinxoʻrlar uyasi. Oʻgʻrilar uyasi. n
- Qoʻzgʻolonchilar avvalgi gʻayrat bilan olgʻa talpindilar. Dushman uyasiga aylangan Karmana shahriga yoʻl ochiq edi. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi.
- —Oʻsha paytda bizning kolxozga haromxoʻrlar uya qoʻygan ekan, men keyin bildim, — dedi Abror. — P. Qodirov — Qalbdagi quyosh.
- Adovat uyasi. Fisq-fujur uyasi. shsh Siz avval shahardagi gʻuluni bartaraf qiling, fitnaning uyasini toping. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
Source: Wiktionary
Views: 0