Explanatory dictionary
uyurma
уюрма
Meanings
- Oʻralib harakat qiluvchi kuchli shamol; boʻron, girdibod; shunday shamol bilan yuqoriga koʻtarilib tushadigan mayda narsalar.
Examples
- Toʻzon uyurmasi. Qorli uyurma. tsh Sahrodan kelgan qum uyurmalaridan oʻzlarini saqlash uchun hamma jonivorlar in-iniga berkindi, choʻl huvullab qoldi. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi.
- Uyurma yer yuzini supurmoqqa qasd etganday, tikkaygan nimaiki bor, domiga tortmoqqa urinadi. — N. Norqobilov — Bekatdagi oq uycha.
- ..saratonda zavol topgan, qurigan xaslar osmon boʻyi uyurmada chirpirak boʻlib aylanadi. — N. Norqobilov — Bekatdagi oq uycha.
Source: Wiktionary
Views: 0