Explanatory dictionary
uzatma
узатма
Meanings
- tex. Uskunaning bir qismidan ikkinchi qismiga harakatni uzatuvchi mexanizm. Mashinasozlikda: Energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘ida joylashib, ularni o‘zaro bog‘lovchi hamda harakatni talab darajasiga keltirish imkonini beruvchi mexanizm.
- tex. Ishlov berilayotgan (ishlatilayotgan, qo'llanilayotgan) ob'yektning mexanizmga kiritishdan (uzatishdan) iborat mexanik jarayonni (harakatni) (masalan, patronni pistoletga, yarim tayyor mahsulotni stanokga, suyuqlikni gidravlik tizimga, gazni pnevmatik tizimga) ta'minlovchi moslama, uskuna, mexanizm.
- tex. Harakatni yoki tortish kuchini mexanizmning bir qismidan boshqasiga uzatib beradigan tasma, tros, arqon va sh. k.
Examples
- Mexanik uzatma.
- Elektrik uzatma.
- Pnevmatik uzatma.
- Gidravlik uzatma.
- Nasos uzatmasi.
- Tormoz valining uzatmasi.
- Mexanik uzatmalar ikki turga bo‘linadi: ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (friktsion, tasmali, vintli) va ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (tishli, chervyakli, zanjirli).
Source: Wiktionary
Views: 0