Explanatory dictionary
uzr
узр
Meanings
- Kechirish, afv etish.
- Biron ish, xatti-harakatni okdovchi narsa; sabab, vaj.
- Afv etish, kechirish haqidagi ilti-mos; kechirim.
- Uzr soʻramoq (yoki aytmoq) Gunohini ke-chirishni, afv etishni iltimos qilmoq.
- "Afv eting", "kechiring" maʼno-larida ishlatiladi.
Examples
- Yoshlikda hammadan ham xatolik oʻtadi. Kichikdan — xato, kattadan — uzr. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Ishlashdan qoʻrqishim toʻgʻ-risidagi uzrimni aytib yigʻladim. — Gʻ. Gʻulom — Tirilgan murda.
- Uylanish sizga ham farz, ham qarz. Bunga qolganda, albatta, bir uzr koʻrsatolmaysiz. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..Molimizni ortgan tuyakashlar shu saroyga tayinlangan edilar. -Har holda, bu uzr emas! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oʻtib ketgan, hozir hamma-mizni ham xijolatga qoʻygan ish toʻgʻrisida Farmonqul, uzr tariqasida boʻlsa ham, gap ocharmikin, deb xavotirda edim. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yusufjonov shu xayolda kelarkan, oʻzini bir ayolga urib olib, undan zoʻrgʻa uzr soʻradi. — N. Fo-zilov — Hayot oʻrgatdi.
- Bor, jonginam, ama-kingga, Savrixon ayaga uzr ayt. — "Mushtum".
- -Uzr, sizni qoʻrqitib yubordim, — dedi Gʻulomjon. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- -Uzr, aybga buyurmaysiz, — dedi Nusratbek, olimni ishdan qoldirayotganiga iymanib. S. Nurov, Narvoy.
Etymology
a. jls — kechirim; kechirish, oq-lash; bahona, sabab
Source: Wiktionary
Views: 0