Explanatory dictionary
vidolashmoq
видолашмоқ
Meanings
- Marhum bilan (yoki hayotdan koʻz yumayotgan shaxe oʻzgalar bilan) abadiy xayrlashmoq.
- Umuman, kimsa yoki narsa bilan undan abadiy ajralish oldidan xayrlashmoq. Bek uning [otining] tizginidan tortib, siniq tovush bilan: "Kel, jonivor, vidola-shaylik!" — dedi-da, bolta sopini kamariga suqib, otning boʻynidan ikki qoʻllab quchoqlab oldi. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Hayot bilan vidolashmoq Olamdan oʻtmoq; vafot etmoq, oʻlmoq.
Examples
- Jangchilar.. miltiqdan bir yoʻla oʻt ochib, Sariqov bilan soʻnggi dafʼa vidolashdshar. — N. Safarov — Don.
- Qutidor vidolashib, aravaga chiqqanida, koʻcha taraf-dan Otabek kelaberdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Axir kelgan-ketganga rizolik berib, vidolashib yotgan emish. Men ham soʻnggi bur-chimni ado etibqoʻysammikan? — S. Siyoyev — Avaz.
- Erali choʻntagidan eskirib ketgan xatni olib ochdi-da, goʻyo u bilan vidolashayotgandek, boshqatdan oʻqidi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Ertasi, yakshanba kuni, tong chogʻida shoir hayot bilan vidolashdi. — Oybek — Navoiy.
- Ichkilik — zaharli qora ilon, unga ruju qilgan odam hayot bilan vidolashishi.. turgan gap. — Gazetadan.
Source: Wiktionary
Views: 0