Explanatory dictionary
viloyat
вилоят
Meanings
- Mamlakatning poytaxtdan yiroqdagi chekka oʻlkasi.
- Umuman, mamlakat, oʻlka, yurt.
- Shahardan chekka joy(lar).
- Mamlakatning bir va undan ortiq shaharlarini ham oʻz ichiga oladigan yirik maʼmuriy-hududiy boʻlinma.
Examples
- Bobur mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulugʻbek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa, hamma vshyuyatlar hamjihatu obod boʻlsa.. — Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlar
- Qadimdan lojuvard, laʼl va boshqa qim-matbaho toshlari bilan mashhur boʻlgan Badaxshon viloyatida [Afgʻonistonda] ham geologlar yangi konlarni aniqladilar. — "Fan va turmush"
- Ota, Chambil derlar viloyatingni.. — "Hasanxon"
- Xuddi oʻsha yili.. Shimoliy Hindiston hokimi Akbar tobeligidagi Markaziy Hindiston viloyatiga elchilar yuboradi. — Sa’dulla Karomatov — Oltin qum
- Senda koʻpdir, oʻgʻlim, aqlu farosat, Oxir senikidir taxtu viloyat. — "Erali va Sherali"
- Kezib shahru viloyat, koʻ-bakoʻyin darbadar koʻrdim. — Uvaysiy
- Toshkent viloyati.
- Navoiy viloyati.
- Qashqadaryo viloyati.
- Andijon viloyati paxtakorlari bu yilgi rejani muddatidan ilgari amalga oshirdilar. — Gazetadan
Etymology
Arabcha وِلَايَة - boshqaruv; chekka joy, oʻlka
Source: Wiktionary
Views: 0