Explanatory dictionary
voqif
воқиф
Meanings
- Boʻlib oʻtgan yoki boʻlajak voqea, hodisadan, maxfiy narsa, sir va shu kabilardan xabari bor; xabardor.
- Voqif boʻlmoq Xabar topmoq, xabardor boʻlmoq; bilmoq.
Examples
- Ota-ona va hatto hamma narsadan voqif buvi koʻz oldida.. Hafiza tamoman oʻzgarganday boʻldi. — Mirmuhsin — Umid.
- U amirning qushbegisi.. davlatning barcha ichki-tashqi sirlaridan voqif.. hazratning nazdida kemaday qalqib turgan shahar sirlaridan ham xabardor. — Sh.Xolmirzayev — Qil koʻprik.
- Siz shunday qilingki, bola sizdan sir yashirmasin. Ana unda.. siz uning butun xatti-harakatidan voqif boʻlib turasiz. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Oradan uch kun oʻtgach, Dovud hukumati bu shov-shuvdan voqif boʻlib, Tohirni saroyga chaqirishdi. — Mirmuhsin — Chodrali ayol.
Etymology
a. وَاقِف — toʻxtab qolgan, tur-gʻun; xabardor, biluvchi
Source: Wiktionary
Views: 0