Explanatory dictionary
xabar
хабар
Meanings
- [a. — darak; axborot, maʼlumot; ovoza; kesim (tlsh.)]
- Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqidagi axborot, darak, bildirish.
- Yangilik.
- Kundalik matbuot, radio va televideniye vositasida olingan axborot, maʼlumot; maqola.
- Yomon (yoki sovuq, xunuk, shum, qora) xabar - Noxush, qoʻrqinchli, dahshatli voqea-hodisa haqidagi maʼlumot, darak.
- Xabar bermoq - Xabardor qilmoq; bildirmoq.
- Xabar olmoq Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumotga oʻz koʻzi bilan koʻrib eta boʻlmoq; kelib koʻrmoq.
- Xabar topmoq Muayyan voqea-hodisa haqidagi axborotni eshitmoq, bilib olmoq.
- Xabari bor 1) xabardor, voqif.
- Xabari yoʻq Biror narsa haqidagi maʼlumotni bilmaydigan; bexabar.
- Holidan xabar olmoq Bemor, keksa, yordamga muhtoj kimsalarni borib koʻrmoq; yordam bermoq.
Examples
- Muhammad Argunning xabariga koʻra, dushmanning katta qoʻshini Rafqondan oʻtib, Konibodom sari kelayotgan edi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Oylar oʻtdi va yillar oʻtdi, Lekin sendan boʻlmadi xabar. — R. Parfi.
- Onasi, ertaga barvaqt boqqa koʻchishga toʻgʻri kelgani uchun, tezroq yotib tinchish kerakligini aytdi. Gulnor bu xabarni juda sovuq qarshi oldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Mulla Abdishukur, - Mirzakarimboy mehmonlardan biriga murojaat qildi, — olamda nima xabarlar bor, gapirsangizchi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kechalari uxlamay radio karnayiga quloq tutib, olis frontda boʻlayotgan xabarlarni eshitardi. — S.Ahmad — Ufq.
- Respublikaning yetakchi gazetasida xabar chop ettirishga har qanday jurnalist ham muyassar boʻlavermaydi. — F. Musajonov — Himmat.
- Yomon xabarning qanoti yengil boʻladi. — J. Abdullaxonov — Oriyat.
- Bu sovuq xabar xalqni bir chayqatdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Kecha Andijondan xunuk xabar keldi: Roʻzioxunning kenjasini chavaqlab ketishibdi. — K. Yashin — Hamza.
- U bir marta shunday shum xabarning dardini tortgan. — S. Ahmad — Ufq.
- Ayniqsa, dadamning keyingi xatlaridagi qora xabar bilan.. dunyo koʻzimga toraydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Xizmatchilar hojidoʻppi kiygan bu darvish haqida boyga xabar berdilar. — U. Ismoilov — Saylanma.
- Nusratbek boʻsh vaqti boʻlganida, goh kechasi, goh kunduzi birrov xolasinikiga kelib, oʻgʻlidan xabar olib ketadi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi.
- Men narigi xonalardan bir xabar olay, shogirdlar nima qilayotgan ekan, koʻzdan kechiribqoʻyay. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Umar polvon bundan xabar topib, otasidan qolgan bir parcha yerlarini sotib boʻlsa ham, ukasini Tozagulga uylantirmoqchi edi. — K. Yashin — Hamza.
- Bu voqeadan xabar topgan oyisi uni [Xurshidni] qattiq jerkiganicha.. boʻsh stulga oʻtqazadi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Zavqiyning ham keyingi paytlarda tabibning oilasi chetga surib qoʻyilganidan xabari bor edi. — K. Yashin — Hamza; 2) biror ish yoki hunarni biladigan.
- Tikuvchilikdan xabari bor qiz.
- Dildorning bu gapdan xabari yoʻq. — S. Ahmad — Ufq.
- -Botir aka, oʻlimdan xabarim bor, bu gapdan xabarim yoʻq, — dedi qizarib Nizomiddinov. — S. Ahmad — Hukm.
- Oʻzi emasmi, onamning holidan xabar olib turing, sizga ishonaman, deb iltimos qilgan.. — Oʻ.Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Dadamga tahorat suvi beradigan, erta-kech holidan xabar oladigan bir mo'min-maʼqul zaifa topilsa, yaxshi boʻlardi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0