Explanatory dictionary
xafaqon
хафақон
Meanings
- Mungli, gʻamgin, xafahol.
- Dilsiyohlik bilan oʻtadigan.
- Yurakning tez yoki notekis uri-shini sezish holati.
- Qon bosimining ortishi tufayli yuz beradigan kasallik, gipertoniya. Baʼzi kishilarning aytishiga Karaganda, onam xa-fakon kasaliga yoʻlikkon emishlar. M. Mu-hammadjonov, Turmush urinishlari. \Be-morlarning] Biri xafakon, boshkasi sil kasaliga mubtalo, kimgadir chipkon chikibdi. M. Qoriyev, Ibn Sino.
- Xafaqon boʻlmoq 1) diqqat boʻlmoq, si-qilmoq; xunob boʻlmoq.
Examples
- Unga oʻz oʻylari chigilini yozib olishga yolgʻizlik, xafaqon qalbiga orom, nafasi boʻgʻilayotgan oʻpkasiga havo kerak edi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Teatrga borganingizda, bironta xafaqon aktyorni uchratib qolsangiz, uning dardi rol ustida boʻladi. — Sh. Xolmirzayev — Ogʻir tosh koʻchsa.
- Xafaqon, chalkash kunlarning birida Isfandiyorning yana ikki katta amaldori qochdi. — Mirmuhsin — Choʻri.
- Xafaqonni davolash va oldini olish kasallikni keltirib chiqargan sabablarga bogʻliq. — "OʻzME".
- -Bugun seni koʻrma-ganim uchun juda zerikib, xafaqon boʻlib oʻtirgan edim, — dedi Raʼno Hafizaga. — Mirmuhsin — Umid; 2) qon bosimi ortish kasaliga yoʻliqmoq.
Etymology
1 a. yli-Li. - yurak urishi, dukillashi
Source: Wiktionary
Views: 0