Explanatory dictionary
xamir
хамир
Meanings
- Odatda unni suv, yogʻ, tuxum yoki sutga qorishdan hosil boʻladigan yumshoq choʻziluvchan qorishma; yarimfabrikat.
- Xamiri achimagan Harakati sust, imil-lagan.
Examples
- Kam-pir kechga yaqin xamir qorib, oshirgani qoʻydi. — S. Ahmad. Ufq.
- Adolat xamirni yoyib, soch tolasiday ingichka, chiroyli qilib kesib ber-di. — S. Zunnunova — Olov.
- Xamirga solish uchun sariyogʻ.. margarin, dogʻlab sovitilgan paxta moyi, eritilgan qoʻy yogʻi ham tavsiya qilina-di. — K. Mahmudov — Oʻzbek taomlari.
- Obbo, xamiri achimagan-yey, tusha qol-maysanmi endi!? — N. Safarov — Qurbonali. Xamiri achimoq Kayfiyati buzilmoq, feʼli aynimoq.
- Qarab tursam, oʻrtogʻimning xamiri achib, kayfi lanj tortib ketyapti. — S. Abduqahhor — Sanamay sakkiz dema. Xamir-dan qil sugʻurganday Osonlik bilan, hech qanday qiyinchiliksiz.
- Har holda, hamma ish xamirdan qil sugʻurganday, imi-jimida hal boʻldi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli. Xamir (ning) uchidan patir q. patir I.
Etymology
a. j,.b — xamirturush solingan non
Source: Wiktionary
Views: 0