Explanatory dictionary
xamirturush
хамиртуруш
Meanings
- Xamirni oshirish uchun ishlatiladigan achitqi.
- Oʻgʻit, goʻng.
- Biror narsaning boshlanishi, yuzaga kelishi yoki amalga oshishi uchun asos yoki dastak boʻladigan omil, poydevor.
Examples
- Obi non (uy noni) tayyorlash uchun.. 40 g xamirturush kerak boʻladi. — K. Mahmudov — Oʻzbek tansiq taomlari.
- Yer – xamir, oʻgʻit – xamirturush. — Maqol.
- Yaxshidan bogʻ, yomondan dogʻ, – deganlaridek, hozirgi.. bogʻimizga ilk xamirturush tashlagan, qoʻling dard koʻrmagur shu ota boʻladi, — dedi rais. — M. Nazarov — Jilvon jilvalari.
Etymology
arab. + fors. – xamirturush xamir achitqisi
Source: Wiktionary
Views: 0