Explanatory dictionary
xato
хато
Meanings
- Hisoblash, yozish, oʻqish, soʻzlash va sh.k. larda adashish, yanglishish, notoʻgʻrilik, qusur.
- Umuman, turmushda, ishda yoʻl qoʻyil-gan kamchilik, nuqson, notoʻgʻri xatti-ha-rakat. Dushman siringni oʻgʻirlaydi, Doʻst xa-tongni toʻgʻrilaydi. Maqol. n
- Xato qilmoq (yoki ketmoq) Xatoga yoʻl qoʻymoq, kamchilik yoki nuqson yuz berishi-ga imkon berib qoʻymoq.
- Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, asossiz, notoʻfi.
- q.x. Yerdan chiqmay yoki unmay qolgan urugʻ haqida.
- Moʻljalga, nishonga tegmaslik.
Examples
- Imloviy xato. Matematik xato.
- ..ammo mu-habbat juda noyob narsa, bu yoʻldagi xatoni hech kechirib boʻlmaydi! — Mirmuhsin — Umid.
- Xato qilmoq bor-dir, tuzatmaslik ordir. — Maqol. n
- Vater-looda xato qildi Napoleon, Jahongirning qaytdi shu kun omadi. — A. Oripov.
- Siz Mehri toʻgʻrisida xato ketdingiz, chunki u faqat yangi yerda ishlash niyati bilan sekretarlik-dan ketdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Xato yozmoq. Xato hisoblamoq. Xato soʻzlamoq. n
- Joʻrttaga xato oʻqib, oʻzing kuldirding.. Oʻqi, Raʼno. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Yaxshi ishlanmagan yerga ekilgan urugʻ xato chiqadi.
- Oʻq xato ketdi. yash Hech qaysisining otgani xato ketmas edi, hech bir dushman omon ketmas edi. — "Alpomish".
Etymology
a. خطأ — xato, qusur; gunoh
Source: Wiktionary
Views: 0