Explanatory dictionary
xazon
хазон
Meanings
- Kuzda sargʻayib toʻkiladigan barglar.
- Xazon boʻlgur! qargʻ. Qurib ketgur, oʻlgur.
- Zardoʻzlikda ishlatiladigan bezak turi: soʻligan barg tasviri.
Examples
- Ioʻl boʻyidagi dov-daraxtlar ostida xazon-lar toʻkilib yotibdi. — N. Aminov — Yolgʻonchi farishtalar.
- Yengil shamol oʻtdi, xazon toʻ-kildi. — "Yoshlik".
- [Hoji ona:] Bor, yuz-qoʻlingni yuvib chiq, xazon boʻlgur! — Hamza — Boy ila xizmatchi. Xazon boʻlmoq 1) sargʻayib, qurib qolmoq.
- Bu gul subh shabnamini ham koʻrmay xazon boʻldi. H. Ziyoxonova, Birinchi maktub; 2) azob-uqubatda majruh boʻlib qolmoq, ado boʻlmoq, mahv boʻlmoq.
- Gul edim, xazon boʻldim, nay-layin, Ado boʻlmas dardga qoldim, naylayin. — "Malikai ayyor"; 3) bevaqt olamdan oʻtmoq; yoʻq boʻlmoq.
- [Azizxon] Yasha, polvon bola.. deb olqishlaganlarga qaramas, niyatiga yetmay xazon boʻlgan Lutfinisani oʻylar edi: — S. Ahmad — Ufq.
- Bevaqt xazon boʻlmay har k im Yashaboʻtsin dunyoda. — A. Oripov.
- Nazira., yuza-ga chiqmay xazon boʻlgan sevgi alamidan xoʻrli-gi kelib, taqdirni qargʻardi. — S. Ahmad — Ufq. Xazon qilmoq 1) quritmoq, soʻlitmoq; 2) mahv etmoq, yoʻqqilmoq; qirmoq.
- Qir tomondan nogahonda boʻri yoki qoplon chiqib, bir talay qoʻy-qoʻzini xazon qilib ketganini bilib qolasan. — Y. Muqimov — Qizilqum pahlavoni.
- Oʻynab yurgan bachchalarin Hamma-sinxazon qiling. — "Gulnorpari".
Etymology
1 \f. ol j-ʼ. — kuz; barg toʻkili-shi
Source: Wiktionary
Views: 0