Explanatory dictionary
xom
хом
Meanings
- [f. — yaxshi qaynamagan yoki
- pishmagan; yetilmagan, gʻoʻra; oxirigacha ish-lanmagan; tajribasiz] 1 Tabiiy ravishda pishib yetilmagan, pishmagan; gʻoʻr.
- Pishirilmagan, qaynatilmagan.
- Qayta ishlanmagan, yaxshi ishlov beril-magan yoki chala ishlangan; xomaki.
- Yengil-yelpi, chala, yuzaki.
- Puxta emas, yuzaki.
- koʻchma s.t. Tajribasi yoʻq, sodda, gʻoʻr.
- Arpangni xom oʻrdimi q. arpa. Xom ot Minilmagan, aravaga qoʻshilmagan ot.
Examples
- Xom map-vuz. Xom olma. yat Uzum gʻoʻrasini gʻarch-gʻarch chaynardilar, turpning suvini ichardilar, xom anorni yemasalar, uxlolmasdilar. — S. Ahmad — Yulduz.
- Talʼat.. bir dona xom koʻrakni yulib olib, orasini yordi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Xom goʻsht. Xom sut. m
- Oʻzingiz ham necha bor si-nab koʻrdingiz: bir dona xom sabzi jigʻildon qaynashini toʻxtatadi. — K. Mahmudov — Qi-ziqarli pazandalik.
- Atro-fimdagi imoratlarning koʻpi pishiq gʻisht-dan, baʼzilari xom gʻishtdan boʻlsa ham koʻk-rakdor.. — Shukrullo — Saylanma.
- Tezak, xom teri isi aralash achimsiq badboʻy hid dimogʻi-ga urildi. — A. Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
- Toʻtiqiz tokchadan doʻppi xomini olib, koʻrpachaga keliboʻtirdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Xom asarlarga yoʻl qoʻyib bersak, boshqalar, me-nikining undan nimasi kam, deb qolmasmi-kin? — Shukrullo — Saylanma.
- Bilasizmi, ishni xom qildingiz, yoningizga Barotovdan boshqa odamni torta olmadingiz. — S. Zunnunova — Olov.
- U \Mahkam\ goʻdakligiga borib, xom oʻylagan ekan. — R. Fayziy — Hazrati in-son.
- -Voy ovsin-ey, xomsiz-da hali. Erning gapi-ga laqqa tushib yuraverasiz, — dedi Saboxon Mahmudaga. J. Abdullaxonov, Toʻfon.
- Ol-tin suvligʻin chaynatdi, Olti oy boqilgan xom otdi. — "Erali va Sherali". Xom sut em-gan banda q. emmoq. Xom xayol, xomxayol Amal-ga oshmaydigan, puch xayol.
- Buyukman debxom xayol surma. — Sh. Rahmon. Chuchvarani xom sana-mok, q. chuchvara.
Source: Wiktionary
Views: 0