Explanatory dictionary
yakka
якка
Meanings
- ayn. yagona 1.
- Yakka kift boʻlib Bir kiftini oldin chiqarib, bir kifti bilan.
- Hech kimsiz; yolgʻiz, kimsasiz.
- ayn. yagona 2.
- Boshqalarga qoʻshilmasdan, oʻzi alohi-da boʻlgan.
- Yakka xoʻjalik Kolxoz yoki sovxozga kirmagan, jamoa xoʻjaligiga qoʻshilmagan xonadon, oila.
- koʻm. vazifasida. kam qoʻll. Faqat.
Examples
- Yakka tup oʻrik. Yakka oʻzim kelaman. Yakka bortli kostyum, n
- Munisxon onaning yakka qizi edi. — S. Zunnunova — Mehnat va turmush.
- Qishloq tinchligini buzgan bu yakka ot tu-yoqlarining taraq-turuqi, taqalarning tosh-larga urilishidan chishan yalt-yult chaqmoq dam oʻtmay uzoqlashdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Biron qonunni buzsang, jazosini oʻzing yakka tortasan. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Yoʻlchi yakka kift boʻlib, xalq orasini yorib, oldinga oʻtdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Yakkayu yagona 1) birdan-bir, yolgʻiz, yagona; 2) eng yaxshi, tengi yoʻq, misli koʻrilmagan.
- Bu ho-fiz butun olamga tanilgan yakkayu yagona ovoz. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Zaynab qoldi bechora yakka.. Na bir sirdosh, na-da bir yoʻldosh. — H. Olimjon.
- Nima boʻlsa ham yakkaman.. Koʻza kunda emas, kunida sinadi. — "Oysuluv".
- Bir qoyada garillab chaqiradi, Dobili yarqillab, bir odam yakka. — "Nurali".
- Ezgulik bobida faqat u yakka, Faqat u barchaga teng va barobar. — A. Oripov.
- Yakka hunarmand. Yakka dehqon. n
- Gapning boshi shuki, oʻsha sen pul qistab borganda, u Haydar hojidan ajrab, oʻzi yakka doʻkon ochish harakatida yurgan edi. — A. Qahhor — Sarob.
- Bilib qoʻying, yakka xoʻjalik-ning kolxozga birlashishi muqarrar. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
- Yolgʻiz meni oʻyla intizor, Oʻylaringda men yashay yakka. — R. Parfi.
Etymology
0. "ij — bir, bitta; yagona, noyob; tengi, oʻxshashi yoʻq; yolgʻiz
Source: Wiktionary
Views: 0