Explanatory dictionary
yaqin
яқин
Meanings
- [a. — haqiqiy bilim, qatʼiy
- ishonch] 1 Oraliq masofa uncha katga boʻl-magan, uzoqemas.
- Nutq soʻzlanayotgan paytdan vaqt ora-ligʻi uncha katta boʻlmagan.
- Biror hodisa yoki voqea yuz berishiga oz fursat qolganda, maʼlum bir vaqt kelishi oldidan.
- -Oʻzbek tilining izohli lugʻati
- Yaqin oʻrtada (yoki orada) 1) shu yerdan uzoq boʻlmagan joylarda, shu atrofda.
- Doʻstona munosabatda boʻlgan, qadrdon, mexribon.
- Oʻzini [birovga] yaqin olmoq (yoki tutmoq) Kimsa bilan doʻstona munosabat saqlamoq, oʻzini shunday holatda tutmoq.
- Nimasi bilandir oʻxshash yoki deyarli bir xil.
- Taxminan, qariyb.
- (3-sh. egalik va j.k., oʻ.-p.k. va ch.k. shaklida yaqiniga, yaqinida, yaqinidan) Koʻ-makchi vazifasida qoʻllanadi va makon mu-nosabatlarini bildiradi.
Examples
- Engyaqin yoʻl — shu. Shahar-ga yaqin bir qishloqda yashaymiz. Bir-biriga yaqin uylar. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar. — Maqol. ■■
- Qirgʻoqqa yaqin yerda toʻrt qoziq ustida kattakon bir qayiq turar edi. — A. Qahhor — Xotinlar.
- Toʻnkalar juda koʻp, ham bir-biriga juda yaqin. Yer esa tosh-metin. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yaqin fursatda diydor koʻrishmoqni orzu qilamiz. Yaqin kelajakda bu yerlar shaharga aylanadi. yat Ha, aytganday, ustoz shu yaqin kunlarda urugʻchilik sovxoziga kelar ekanlar. Xat ol-dim. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Kechga yaqin mehmonlar kelishdi. Saharga yaqin yoʻlga tushdilar. Ish bitishiga yaqin qoldi. m
- U endi, iloji boʻlsa, munosib kishiga Gulnorni hozirdan unashtirib, fotiha oʻqib, toʻy-nikohni bahorga yaqin oʻtkazmoqchi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Toʻyga yaqin qolganda, kelin koʻchaning boshidagi atelyega koʻylak buyur-gani kelgan ekan. — A. Qahhor — Toʻyda aza.
- Yaqin oʻrtada choyxona bormi?; — 2) koʻp vaqt oʻt-masdan — ozgina vaqt oʻtgach.
- [Yoʻlchi:\ Tohir aka, qoʻying siz tabiblarni. Menga qolsa, mas-lahat shu: mana yaqin oʻrtada bahor, siz qirga chiqing, koʻkragingizga toza shamol te-gadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yaqin oʻrtoq. Yaqin doʻst. m
- "Qiziq odam ekansiz", dedingiz. Ammo doʻstingdan, yaqin bir odamingdan toʻsat-dan shunday gap eshitish menga, albatta, ogʻir. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Nazarida, no-tanish yigit allakimga, juda-juda yaqin odamga oʻxshatayotgandek. — A. Muhiddin — H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz.
- Mehmonlarni toʻy egasining yaqinlari hurmat va serta-kalluflik bilan kutib olishardi. — O. Hu-sanov — Shinavanda.
- Meni seva-dimi? Chindan sevadimi yoki musofirlikning diqqinafasligidan oʻzini menga yaqin tutib yuribdimi? — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Havosi bir-biriga yaqin. Maʼnosi bir-biriga yaqin soʻzlar. n
- 1287 yilning sunbula oyi, yaʼni erta kuzning koʻklam ha-vosiga yaqin bir kuni. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Oradan yaqin ikki yil oʻtgandan keyin Avliyootaga Bu-vaydadan bir odam borib qoldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Bir kuni ikki ki-shining soʻrogʻi yaqin toʻrt soat vaqtni oldi. — A. Qahhor — Sarob.
- Raʼno kelinlar-cha Anvarga salom qildi va jazb qilgandek, Anvarning yaqiniga borib toʻxtadi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Bu ikki xonalik uy yangi qurilayotgan maktab yaqinida.. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar.
Source: Wiktionary
Views: 0