Explanatory dictionary
yaqinlashmoq
яқинлашмоқ
Meanings
- Biror kimsa yoki narsa yaqiniga bormoq yoki kelmoq.
- Otlar turgan joyga yaqinlashganda, otlar-ga qorovullik qilib turgan ikki odam ham koʻrindi. S. Ayniy, Qullar.
- Biror ish, hodisa yoki voqeaning yuz berishiga oz vaqt qolmoq, vaqt jiqatidan yaqin kelmoq.
- Oy-kuni yaqinlashmoq Tugʻishiga oz vaqt qolmoq.
- Mikdor bildiruvchi soʻzlardan keyin kelib, oʻsha miqsorga yetishga ozgina fursat qolganligini bildiradi.
- Doʻstona, yaqin munosabatda boʻlmoq, doʻstlashmoq.
Examples
- Toqqa yaqinlashmoq. Shaharga yaqinlashib qoldik. shsh Zaynab ham kulumsiragan holda Kumushga yaqinlashib keldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. U
- shunday oʻychan, parishon holatda buloqqa yaqinlashdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Yangi yil yaqinlashib qoldi. n
- Vaqt xuftonga yaqinlashgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Dahshatli minutlar nafas sariyaqinlashibqolmoqdaedi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Gʻanijon xotini homilador boʻlganda ham, bolani koʻtarib yurganda ham, oy-kuni yaqinlashib qolganda ham, bunga qishloqda har kuni, har yerda boʻlayotgan va boʻladigan hodisa deb qaragan edi. — A. Qahhor — Karavot.
- [Olimjonning] Yoshi oltmishga yaqinlashgan boʻlsa ham, odam-lar ellikdan ortiq berolmaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mana, institutni bitirib, shu qishloqqa kelib ishlay boshlaga-niga uch yilga yaqinlashdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Serjant Saken Ramzatovning qiz bilan yaqinlashib qolishi uning gʻashini keltirdi. — A. Muhidsin — H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz.
Source: Wiktionary
Views: 0