Explanatory dictionary
yaramas
ярамас
Meanings
- Yaramoq fl. sfdsh.
- Axloq-odob, qoida, tartib meʼyorla-riga toʻgʻri kelmaydigan; boʻlmagʻur.
- Ishi, feʼl-atvori axloq-odob meʼyor-lariga toʻgʻri kelmaydigan; axloqan nobop, buzuq.
- Shunday xulq, xislatga ega boʻlgan shaxsga nisbatli haqorat uchun qoʻllanadi.
Examples
- Boʻynidan boylangan it ovga yaramas. — Maqol.
- Kayf taʼsirida shunday yaramas ishlar qilinadi-ki, terining qalinligiga qaramay, titrash-ga toʻgʻri keladi. — Gazetadan.
- Xoʻsh, tarbiya oʻchogʻida qachongacha bu yaramas holat davom etadi. "Mushtum"
- Shubhayu bad olish, yaramas kimsalar-ning fitnasi bizni podsho qahriga giriftor qildi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Hoy, qanaqa yaramas bolasan, tush tomdan. He, axloqsiz! — S. Ahmad — Saylanma.
- Toʻxta, deyapman senga, yaramas! Hozir mu-shukday derazadan otib yuboraman! — S. Siyoyev — Otliq ayol.
- Koʻzimga koʻrinma, yaramas.. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
Source: Wiktionary
Views: 0