Explanatory dictionary
yashnamoq
яшнамоқ
Meanings
- Barq urib oʻsmoq, gul-lamoq, guli ochilmoq.
- Oʻziga tortadigan goʻzal holga kelmoq; yorqinlik, koʻrkamlik kasb etmoq; goʻzal-lashmoq.
- Rivoj topmoq, kamolga erish-moq; avj olmoq.
- Porlab, chaqnab, yashnab koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.
- Yayramoq, yozilmoq.
Examples
- Oldin ekilgan gʻoʻza-larimiz esa kun sayin yashnayapti. — R. Aziz-xoʻjayev — Yashil chayla.
- Yuz ochmish, yashnamish sumbul va lola. — Gʻayratiy.
- Bahor kelishi bilan dala yashnar. n
- El keltirib yoydi poyandoz, Yashnab ketdi hovuz boʻylari. — E. Rahim.
- Gulnorning boʻyi oʻsib, koʻkragi toʻlishib, butun gavdasi qizlik la-tofati bilan yashnagan chogʻda, boyvachcha uni koʻz tagiga olib qoʻygan edi. — Oybek — Tanlangan asarlar. U
- [Asrora] kirgan uy yashnab ketadi. — S. Ahmad — Ufq.
- [Yoʻlchi:] Xalq borgan capu pachaqlanaveradi, boylar yashnayveradi, ne-gaki ildizi kuchimizni soʻradi-da. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Odamlarda gʻayrat va tashabbus yashnab ketdi. — A. Qaxxor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Saidiyning qalbidagi soʻna boshlagan muhabbat choʻgʻi yashnay boshladi. — A. Qahhor — Sarob.
- Yulduzlar charogʻon boʻlib yashnamoqda. yat Qoʻsha-qoʻsha gilamlar yashnagan buuy, Unsin yolgʻiz qolarkan, allaqanday sovuq tuyuldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yangi turmush bogʻlarinda Yosh koʻngillar yashnasin! — Hamza.
- Har zamon boʻl bilim oʻchogʻida, Yashnagan maʼrifat quchogʻida. — Gʻayratiy.
- Pa-ranjini oʻt-otashga Tashlaganim-tash-lagan, Davlat qushi qoʻngan boshga, Yash-naganim-yashnagan. — 3. Diyor.
Source: Wiktionary
Views: 0