Explanatory dictionary
yaydoq
яйдоқ
Meanings
- . Egar-jabduqsiz, yalangʻoch (ot haqida).
- . Oʻsimlik oʻsmaydigan, oʻt-oʻlansiz, dov-daraxtsiz; yap-yalangʻoch.
- . Hech narsasi yoʻq; qashshoq.
Examples
- Yaydoq otni yetaklab olgan baland boʻyli xushmoʻylov yigit anhor tomonga oʻtib ketdi. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Yarim soatdan keyin haligi yigit, yaydoq ot ustida oʻqday uchib oʻtdi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Yigitlar otlarni yaydoq minib, uy anjomlarini tepaliklarga tashimoqdalar. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Yaydoq choʻl.
- Yaydoq Boʻz ham madaniy, Biz uni yuganladik. — Gʻ. Gʻulom.
- Toʻrtkoʻl desam, Nukus qalʼam sogʻintirar, Chimboydagi yaydoq dalam sogʻintirar. — S. Akbariy.
- Buni haydang, sira qoʻymang, Ishi savdoyu xarid, olti kunda hammani Yaydogʻu yakson qiladir. — Hamza. —
Source: Wiktionary
Views: 0