Explanatory dictionary
yeng
енг
Meanings
- Kiyimning qoʻlga kiyiladigan qismi.
- Yeng ichida Yashirin, maxfiy ravishda.
Examples
- Bosh yorilsa — boʻrk ichida, Qoʻl sinsa — yeng ichida. — Maqol. ■■
- Keng yenglaridan chiqib turgan qoʻllari dehqon qizlarining qoʻllaridek katta-katta. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Yormat uh tortib, yeng uchi bilan peshona terini artdi. — Oybek — Tanlangan asarlar. [
- Asrora\ Risolat koʻylakning beli va yengini oʻlchab boʻlguncha qarab turdi. — S. Ahmad — Ufq.
- Sira gʻam yemang. Bu ishni yeng ichida bitka-zamiz. — "Mushtum".
- ..xki kasbu korini yeng ichida yurgizib turish uchun ham borar edi. — M. Is-moiliy — Fargʻona t.o. Yengidan kirib, yoqa-sidan chiqmoq (U yengidan kirib, bu yengidan chiqmoq) Yolgʻon-yashiq, shirin soʻzlar bilan oʻziga ogʻdirmoq, avramoq; shu yoʻl bilan ishini bitirmoq.
- ..oradan koʻp oʻtmay, Mu-hiddin qizning yengidan kirib, yoqasidan chiqib, unga uylanib oldi. — S. Abduqahhor — Uy ostonadan boshlanadi.
- Aʼzam oʻziga sodda koʻringan qizning u yengidan kirib, bu yengidan chiqdi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar. Yeng uchida 1) ayn. yeng ichida.
- Qalinini yeng uchida olib, jigʻildonga urdi-da, qizni uzatdi. P. Tursun, Oʻqituvchi; 2) ayn. qoʻl uchida q. qoʻl.
- Oʻtar bobo unga yeng uchida qoʻl berib oʻtib ketdi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik. Yeng shimarmoq Jiddiy kirishmoq, bel bogʻlamoq.
- Shu yoʻsin koʻp vaqt ruhiy xastalik kechirib, kutilmaganda jonlanib ketdi, yaʼni "Aqoid"ning sharhiga yaxshi tushunishga yeng shimardi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Hayot uchun jang qilishga qaytadan yeng shimardim. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
Source: Wiktionary
Views: 0