Explanatory dictionary
yengil
енгил
Meanings
- Ogʻirligi, vazni kam, vazmin emas.
- Qalin va issiq boʻlmagan, yalang qavat; yupqa, yupun.
- Kuchi, taʼsiri ortiq boʻlmagan; kuchsiz.
- Asta va muloyim, yoqimli.
- Katta kuch-mehnat talab qilmaydigan; ogʻir, qiyin emas.
- U qadar jiddiy, xavfli boʻlmagan, ogʻir emas.
- Ruhan erkin, tetik holatli, yoqimli his-tuygʻuli.
- Jiddiy, rasmona boʻlmagan, yengil-yelpi (fikr, mulohaza va shu kabilar haqida).
- Yuzaki fikr yuritadigan, oʻz ishi, gap-soʻziga jiddiy eʼtibor bilan qaramaydigan; oyogʻi qingʻir.
- Yengil atletika q. atletika. Yengil koʻch-moq Qiyinchiliksiz amalga oshmoq, qiy-nalmay, osonlik bilan boʻlmoq.
Examples
- Yengil yuk. Yengil tosh. Yuki yengil eshak yotagʻon boʻladi. — Maqol. ■■
- Mansurov qoʻzini yengil deb oʻylab, boʻshroq olgan edi, juda ogʻir ekan, qoʻlini egib, tushib ketishiga sal qol-di. — P. Qodirov — Qora koʻzlar.
- Nuri yupqa, yengil roʻmol uchidagi tugunchakni yeshib, buklangan qogʻoz chiqardi-da.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mezbonlar yengil kiyimda, baland ayvonning bahavo yeriga qoʻyilgan stolning ikki yogʻida xomush oʻtiri-sharedi. — A. Qahhor — Mirzo.
- Havo anchayin salqin edi.. Yengil shamol esardi. — Oʻ. Umarbekov — Yoz yomgʻiri.
- Avazning dimogʻiga yengil sharob hidi urildi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Yengil tabassum. m
- Kiyim yechadigan joyda turib.. bir yigit bilan yengilgina salomlashdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Yigirma minut qadar vaqt oʻtgandan keyin, yengil taʼzim bilan Gulandom kirib keldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yengil vazifa. sht Bizga sizday bir odam kerak. Biznikida ish ming marta yengil. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Chindan, adam borida oyimga yengil edi.. ish-xonasiga borib kelishni bilardi, xolos. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Hozir ahvoli ancha yengil. n
- Men janglarda uch marta yengil va ikki marta ogʻir yarador boʻldim. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Tepki kasalligida.. nervsistema-sida ham har xil oʻzgarish boʻlib, yengil oʻta-digan meningit ham boʻlishi mumkin. — "Saodat".
- Baʼzan kishi bir-biri bilan gaplashib, koʻnglidagini boʻshatib tursa, oʻzini yengil sezadi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oʻrtadagi noqulaylik, xijolatpazlik yoʻqoldi, tabiiy va yengil muhit paydo boʻldi. — F. Musajonov — Himmat.
- Bazi yengil mulohazalaring onangnikidan qolish-maydi, Otabek! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Men bir xizmatkorlaring boʻlsam.. Siz juda yengil oʻylaysiz. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oʻzingga munosib gapni gapir! Yengil boʻlma!A. — Qahhor — Mayiz yemagan xotin.
- ..hovliqma, laqma, yengil Lutfiniso bunga chindan ishonar.. kim koʻrinsa, shunga koʻz yoshi qilar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bahor yuki yengil koʻchishi uchun qish faslida zamin yara-tiladi. — Gazetadan.
- Ishning yengil koʻchishiga sevingan ona., oʻgʻlini Margʻilon ketmakka qistay boshladi. Yengil mashina q. mashina. Yengil oyoq Yomon (nosharʼiy) yoʻllarga yura-digan, suyugʻoyoq. ..
- mening qizim unaqa yengil oyoqlardan emas, uning aqli-hushi joyida. — N. Fotih — Tursunoy. Yengil sanoat q. sanoat. Yengil taom Yaxshi, tez hazm boʻladigan taom. Ilgarigi vaqtlarda parhez taosharni "engil" yoki "ogʻir" ovqatlar deb, ikki guruhga boʻlib, kasallarga buyurilar edi. N. Ismoi-lov, Kasallarni parvarish qilish. Yengil tortmoq 1) ruhan yengillashmoq, tetik-lashmoq. -Bu fikr chakki emas, —
- dedi bir oz yengil tortib. — "Mushtum". Qudrat oʻsha yoqqa qaradi-yu, hokimning yoʻqligini koʻrib, picha yengsh! tortdi. M. Ismoiliy Fargʻona t.o.; 2) kasali tuzala boshlamoq, kasaldan oʻzini yaxshi his qilmoq.
- Ertaga oʻrnimdan turib ketadiganga oʻxshayman, hozir ham ancha yengil tortdim. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Tuprogʻi yengil Biror joy, ish-vazifadan koʻchishi, oʻtishi oson boʻladigan, oson koʻchadigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi.
- -Toʻgʻri, kolxoz raisi, ayniqsa, raisasining tuprogʻi yengil boʻladi, — dedi Komila jiddiy tuye bilan. — Oybek — O.v.shabadalar. Tuprogʻing yengil boʻlsin Dafn marosimida qabr ustida aytiladigan ibora.
- Layloning qabri gulchambarlarga toʻlib ketdi. Tuprogʻing yengil boʻlsin, sevgilim! Bir qisim tuproq olib, uning qabriga sochaman. — M. Qoriyev — Oydin kechalar. Qoʻli yengil Biror ish-amalida tez kushoyish topiladigan shaxsga nisbatan qoʻllanadi.
- -Doktorning qoʻli juda yengil ekan, — deyishadi bemorlar. S. Nurov, Durdona.
- Baxtingiz bor ekanki, menday qoʻli yengil, dami oʻtkir romchiga yoʻliqdingiz. — K. Yashin — Hamza.
Source: Wiktionary
Views: 0