Explanatory dictionary
yetilmoq
етилмоқ
Meanings
- Meʼyoriy darajasiga yet-moq, tobiga kelmoq.
- Oʻsib, rivojlanib, isteʼmol qilish, pishish darajasiga yetmoq; pishmoq.
- Oʻsib, ulgʻayib balogʻatga yetmoq. U
- Pishib yetmoq, dolzarb boʻlmoq.
- koʻchma s.t. Kayfi oshmoq; qattiq mast boʻlmoq.
- Biror daraja, mavqe va shu kabilarga yetmoq, erishmoq; yetishmoq.
Examples
- Nisholdaning qiyomi yetildi. n
- Kunlar isib, koʻtarilgan nam, Yerlar isib, yetilgan tuproq. — Gʻayratiy.
- Yetil-gan yerlar peshma-pesh boronalanib, ekishga taxt qilib qoʻyilmoqda. — Gazetadan.
- Bu yil ham gʻoʻza obdan yetilgandan keyingina defoliatsiya-ni boshladik. — Gazetadan.
- Fosfor va kaliy oʻgʻitlari meyoridagidan ortiqroq berilsa, kartoshkaning yetilishi tezlashadi. — "Fan va turmush".
- Krvun qars etib yorildi. -Jonivor xoʻb yetilibdi-da, — dedi Mada-minxoʻja qovunni kosa qilayotib. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
- boyoqishning nuridiydasi, yetilgan qizi birdan gʻoyib boʻlsin.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Taʼlim-tarbiya saviyasini oshirishning yetilgan masalalari ishchanlik bilan hal etilayotir. — Gazetadan.
- Shunday baʼzi yetilgan savollarimiz bor. — H. Shayxov — Rene jumbogʻi.
- Har kim bilan qadah urishtirib ichaverib, rosa yetilibdi.
- Bu.. oddiy dokladlardan emas, balki., yetim-kambagʻal bolalarning mana bugun oʻqituvchi boʻlib yetilganlari toʻgʻrisida taʼsirli bir qissa. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Hamza.. takallumi ifodali, mantiqli, zehni oʻtkir.. oʻz soʻzli yigit boʻlib yetilgan edi. — K. Yashin — Hamza.
Source: Wiktionary
Views: 0