Explanatory dictionary
yetti
етти
Meanings
- 7 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor.
- etn. Vafotning toʻrtinchi kuni oʻtka-ziladigan marosim, maʼraka.
- Ayrim soʻzlar bilan qoʻllanib, maʼ-noni kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
- Yetti bukilmoq Ortiq darajada izzat-hurmat qilmoq, oʻta sigʻinmoq. Yetti yot begona q. yot 1. Yetti iqlim q. iqlim. Yetti ogʻayni Yaqqol koʻrinib turadigan, choʻmich-simon oʻrnashgan, yetti yulduzdan iborat shimoliy burj (yulduzlar turkumi); Yetti qaroqchi, Katta ayiq. Yetti pusht q. pusht 2. Yetti xuftongacha q. xufton 2. Kichik yetti ogʻayni Qutbga yaqin, choʻmichsimon joylash-gan, yetti yulduzdan iborat shimoliy burj (yulduzlar turkumi); Kichik yetti qaroqchi, Kichik ayiq.
Examples
- Yetti kishi. Yetti soʻm. Yetti metr. Yetti mehnat kuni. Yetti oʻlchab, bir kes. — Maqol.
- Yomondan qorovul qoʻy-sang, yov yetti boʻlar. — Maqol.
- Kecha, odatga muvofiq, nari-beri yetti qilindi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yetti uxlab tushimga kirmagan. Yetti qovun pishigʻi bor. yat Mullajon amaki yetti mahallaning katta ustasi. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- "Bolaning koʻngliga qarab rasvo qilyapsizlar, yetti xuftonga qadar yurishga chakki oʻrgandi. — Oydin.
- Nomi yetti qishloqqa ketgan Buvnisa xonim-a! — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
Source: Wiktionary
Views: 0