Explanatory dictionary
yodgorlik
ёдгорлик
Meanings
- . Esdalik, eslab yuriladigan narsa; sovgʻa.
- . Biror shaxs yoki voqea xotirasi uchun tiklangan haykal, byust.
- . Yodgor boʻladigan, esdalik sifatida saqlanadigan narsa; meʼmoriy obida.
- . Qadimgi yozma manba, qoʻlyozma.
Examples
- Mendan yodgorlik boʻlsin, — dedi Choʻli bobo, hozir kun issiq, sovuq kunlarda kiyib yurasiz. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Mozorning oʻrniga nomaʼlum soldatlarga yodgorlik qoʻyiladigan boʻlinyapti, – dedi Hasan aka. — E. Raimov — Ajab qishloq.
- Saidusmon qishlogʻida.. qahramonlarcha halok boʻlgan jangchilar xotirasiga yodgorlik oʻrnatildi. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Bir-ikki kun Samarqand shahrini aylanib, eski yodgorliklarni koʻp tomosha qildim, soʻngra Buxoroga joʻnab ketdim. — M. Muhammadjonov — Turmush urinishlari.
- Bu soʻz qadimgi yodgorliklar tilida "toʻrqu" shaklida kelib, ipak, ipak gazlama degan maʼnolarda ishlatilgan. — "OʻTA".
Source: Wiktionary
Views: 0