Explanatory dictionary
yopishqoq
ёпишқоқ
Meanings
- Yopishadigan, yopishuvchan.
- Tutgan kishisini qoʻymaydigan; shilqim, xira.
- Yopishqoq yongʻoq Magʻzi poʻchogʻiga qattiq oʻrnashib qoladigan yongʻoq.
Examples
- Yopishqoq modda. yaya Yomgʻir na tinar, na yogʻar deganday, yoʻllarning sargʻish yopishqoq balchigʻi etiklarni oyoqdan sugʻurar edi. — A. Muxtor — Tugʻilish.
- Mahsining choki pishiq boʻlsin uchun, mumli, yopishqoq ipni har qatimda barmoq-lari bilan "qir-qir" tortib qoʻyadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yopishqoq bola. n
- Qodirbek oʻlgudek shilqim, yelim, yopishqoq yigit ekan, har kuni Layloning oʻqishdan chiqishini poy-lab turib, “mashinada olib borib qoʻyaman”, deb tiqilinch qilarmish. — M. Qoriyev — Oydin kechalar.
Source: Wiktionary
Views: 0