Explanatory dictionary
yorliq
ёрлиқ
Meanings
- Biror amal, unvon, suyurgʻol va sh. k. berilganligi haqidagi rasmiy hujjat; farmon.
- Biror sanoat mahsulotiga, uning nomi, miqdori, ishlab chiqarilgan joyi va sh. k. maʼlumotlar yozib, biriktirib, yopishtirib qoʻyilgan qogʻoz parchasi. Fabrika yorligʻi. Bagaj yorligʻi. n Yorligʻini oʻqisak, oʻzimizning koʻn-galantereya va sport buyumlari birlashmamiz mahsuloti ekan. "Saodat".
- Nomaʼqul, salbiy sifat; laqab, nom, "tamgʻa".
- Faxriy yorliq q. faxriy 2.
Examples
- Toʻraning xondan ikki yuz tanob yerga yorliq olgani bejiz emas. — J. Sharipov — Xorazm. Saroy bitikchisi —belbogʻiga qalamdon qistirgan, koʻk sama oʻragan yigit — Chingizning tojik tilida yozdirgan yorligʻini oʻqib eshittirdi. M. Osim, Oʻtror.
- Nigora tuhmat gaplarga ishonadi: Sherbek uning uchun bevafo, burdsiz.. Kim biladi deysiz, unga yana qanday yorliqlarni yopishtirdi ekan. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Yaqin paytlargacha bobolarimiz kurashi “millat-chi ” “vatan xoini ” degan yorliqlar niqobi os-tida talqin qilindi. — "Fan va turmush".
Source: Wiktionary
Views: 0