Explanatory dictionary
yoshlik
ёшлик
Meanings
- Yosh ekanlik; yosh boʻlgan payt, davr. Ahmad olti yoshligida ota-onasidan judo boʻldi. F. Musajonov, Himmat. U yoshligida ixtisoslashgan fizika-matematika maktabida oʻqidi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv.
- Oʻsmirlik, navqironlik.
- Yoshlarga xos xatti-harakat, xususiyat.
- Yoshlik qilmoq Yoshlarga xos xato qil-moq; yoshlarcha ish tutmoq.
Examples
- Yoshlik chogʻla-ri. m Robiya ham abadiy yoʻqolgan begʻubor yoshligiga kuyunib yigʻlamoqda edi. P. Qodi-rov, Yulduzli tunlar. Yoshligim, kuch bilan toʻlgan yoshligim, Yashnoq davrimizga yoʻl -doshligim. S. Abdulla.
- Yoshlik gʻururi. m
- Yoshlik shijoatiga keng yoʻl berish lozim. — Gazetadan.
- Oʻrta boʻyli, xush-qomat vujudidan yoshlik kuchi va gʻayrati yogʻilib turgan qop-qora juvon otda.. yoʻl boʻyida turar, Akramjon oʻz otining ayili-ni qayta bogʻlamoqda edi. — A. Qahhor — Ming bir jon.
- Koʻzlarida yoshlik shoʻxligi chaqnab turgan Sherbek “ha”deganday bosh qimirlat-di. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Yoshlik qilib, bo-lalar uyidan qochdim. — S. Karomatov — Togʻ.goʻza-li.
- Trest boshligʻi hayhaylab, unga yopishdi: -Yoshlik qilmang, oʻgʻlim, shaytonga hayf bering. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
Source: Wiktionary
Views: 0