Explanatory dictionary
yotmoq
ётмоқ
Meanings
- Tanani yerga (karavot, toʻshak va shu kabilarga) berib choʻzilmoq, uzala tushmoq.
- Joyni band qilmoq, joylashmoq.
- Sakdanmoq; turmoq.
- Tunamoq, uxlamoq.
- Kasal boʻlmoq, tobi qochmoq.
- Hibsda boʻlmoq, qamalmoq.
- Toʻxtamoq, toʻxtab qolmoq, yopil-moq.
- Ravish va ravishdoshlar bilan biri-kib, ish-harakat yoki holatning doimiy, da-vomiy ekanligini bildiradi, maye.,
- Yotib yemoq Biror joyda ishlamay, pul topmay, oʻz jamgʻarmasini xarjlab yashamoq.
Examples
- Yerga yotmoq. Oʻt ustiga yotmoq. tsh Yoʻlchi quruq namatga yotib, ustiga koʻrpacha yopdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hasanali sekin-gina daricha ostiga yotib, hujra ichiga quloq soldi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Ukelganda, Qurbon ota oʻrnida yonboshlab yotar, Maxsum uxlab qolgan edi. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Kimdir chalqancha yotib ingrardi, yordam soʻrardi. A. — Ubaydullayev — Qonli izdan.
- Ki-tob stol ustida yotibdi. n
- Tanchaning us-muda boyning sadaf tasbehi, koʻzoynagi yotar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Koʻylak sandiqda yotibdi. n
- Yenglarining taxidan bu koʻy-lakning naftalin hidini singdirib, alla-qayerda uzoq vaqt yotgani bilinib turardi. A. — Muxtor — Opa-singillar.
- Bola beshikda yota-di. m
- Yuring, opajon, bugun biznikida yoting [dedi Roʻzimat]. A. — Qahhor. Qoʻshchinor chiroqlari.
- Hali yotmoqqa vaqt erta edi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bemor uzoq yotdi. n
- Eshitdingizmi, ulugʻ afandimning tobi qochib qolibdi. Boyoqish qattiq yotgan emish. — S. Ahmad — Hukm.
- Volidamiz bedom-da-rak ketgan ikki oʻgʻlining dard-firoqida ku-yib, yotib qolibdilar. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yotib chiq-moq. yaya Qani u [Yoʻlchi],
- sevikli aka, qayer-da, qaysi zindonda yotadi!\ — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mirza Muhiddin tomonidan ehtiyot chorasi koʻrilganicha, bir yildan or-tiqroq soʻroqsiz yotdi. — A. Qahhor — Sarob.
- Soat yotdi. Tramvay-trolleybuslar yotgan. m
- Samovar yotgan, bir chol choynak-piyo-la artar, hovuz boʻyidagi supada kimdir xur-rak otib uxlar edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- bekor yotmoq, osilib yotmoq, ishlab yotmoq, qarovsiz yotmoq. n
- Uch xonali uy boʻm-boʻsh, huvillab yotar-di. — A. Ubaydullayev — Qonli izdan.
- Bu eʼlonlar oldida turli kasbdagi odamlar uymalanib yotadi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Yotib yeyishga togʻham chidamaydi. — Maqol. Yotib qolmoq 1) uxlamoq.
- Karim akasinikida yotib qoldi; 2) — toʻxtamoq.
- Odatda erta bilan va kechqurun bozori bir oz qiziydi-yu, tush pay-tida savdo-sotiq yotib qoladi. — M. Osim — Ibn Sino qissasi; 3) davolanmoq.
- Mehri kasalxonada uzoq yotib qoldi. — A. Qahhor — Bosh-siz odam. Yotib qolguncha, otib qol! Oxirgi kuchingni ham ishga sol, fursatni qoʻldan bermay, harakatingni qil, maʼnosida ishlatiladigan ibora.
- Bezori oʻz manfaati yoʻlida hamma narsadan kechadigan yigit boʻlgani uchun, yotib qolguncha, otib qol, qabi-lida ish koʻrmoqchi boʻldi. — I. Qalandarov — Shoxidamas, bargida. Tiqilib yotibdi Toʻlib-toshib ketgan, juda koʻp.
- Vaholonki, respub-likamizdagi barcha savdo bazalarida etik tiqilib yotibdi. — Gazetadan.
Source: Wiktionary
Views: 0