Explanatory dictionary
yoyilmoq
ёйилмоқ
Meanings
- Har tarafga tarqalgan, sochilgan, bir-biridan ajralgan holatda boʻlmoq.
- Eshitilmoq; taralmoq.
- Toʻshalmoq, yozilmoq.
- Ovoza boʻlmoq, mashhur boʻlmoq.
- Oʻzini erkin, bemalol his qilmoq; kayfiyati yaxshilanmoq, xursand boʻlmoq. [
- Rivojlanmoq, tomir otmoq; omma-lashmoq.
- Kun (yoki quyosh) yoyildi Quyosh ancha koʻta-rilib, atrofga toʻla nur sochdi.
Examples
- Huv olislarda podalar, suruvlarmi-riqib yoyilib yurishibdi. — N. Fozilov — Diy-dor.
- Xotinlar soyada yoyilib oʻtirib, gangir-gungur gaplashar, baʼzilari quruq non kav-shar, baʼzilari bola emizar edilar. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Mayda oʻrilgan qora, uzun kokillar beliga tushadi, yengil yoʻr-gʻalagan sari yoyilib silkinadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shu payt maydon boʻylab diktorning ovozi yoyildi. — S. Nurov — Narvoy. Tunda radiodan past tovushda yoyi-layotgan qoʻshiqni tinglab yotdim. "Yoshlik".
- Nay sadosining mayin toʻlqinlari tip-ti-niq havoda yoyilarkan, goʻyo hammayoq jonlangan kabi tuyuldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Dalalardagi oq oltin paykallariga nazar tashlasangiz, goʻyo dalalar uzra yoyilgan oq dasturxonni koʻra-siz. — Gazetadan. [
- Mehmonlar\ Chaqnab yonib turgan qizil, yumshoq gilam chetlariga yoyilgan shohi koʻrpachalarda, katta par yostiq-larga yonboshlab, choy ichar edilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Sher-zodning gʻayrati, botirligi boshqa mamla-katlarga ham yoyilibdi. — "Oʻzbek xalq ertak-lari".
- Qobiliyatli bolaning ovozasi kun sayin kengroq yoyila boshlaydi. — T. Obidov — Yusuf-jon qiziq.
- Platsdarmni egallashda katta jasorat koʻrsatgan oʻn bahodirning taʼrifi butun front boʻylab yoyildi. — Nazarmat — Joʻrlar baland sayraydi.
- Kampir] Unsinning yuzida har vaqtdagidan koʻra oʻtkirroq dard sezib, bu kuyunchak qiz yoyilib kelsin uchun, qoʻshnilarinikiga chiqishga buyurdi va oʻz tengi qizlari boʻlgan bir necha hovlini koʻrsatdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Men senlardan xursandman, —dediHasan aka birdaniga yoyilib. — E. Raimov — Ajab qish-loq.
- Semiz odam salqin supada chordona qurib, yoyiliboʻtirardi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Korxonada yagona naryad bilan ishlash tobora keng yoyilib bormoqda. — Gazetadan.
- Murod quyosh yoyilganda turdi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Kun yoyilib ketdi. Ertalabroq vagonlar qizib, dim boʻldi. — S. Nurov — Narvoy. Yuziga tabassum (yoki kulgi) yoyilmoq Iljaymoq, kulmoq, xursand boʻlmoq.
- Hakimboyvachcha diqqat bilan oʻqir ekan, yuziga tabassum yoyildi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qogʻozlarni oʻqib turib hamda ularni oʻqib boʻlgandan keyin advokatning choʻziq yuzlariga bir kulgi yoyildi. — Choʻlpon — Kecha va kunduz.
Source: Wiktionary
Views: 0