Explanatory dictionary
yugurik
югурик
Meanings
- Tez yuguradigan, chopadigan; chopqir, chopagʻon.
- Ildam, tez harakat qiladigan; chaqqon, tez (oyoq, qoʻl, tsht haqida).
- Aqli yugurik Biror masalani tez tu-shunadigan, tez hal qila oladigan; fahmli.
Examples
- Kepak yegan ot yugurik boʻlmas. Maqol. n
- Choʻloq odam uchun xiz-matkorlik qiyin, boyoqish Qambar bu kam-chilikni bildirmaslik uchun yugura-yugura yugurik boʻlib qolgandi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- -Hayot misli bir yugurik daryo, oqa-di-ketadi, surgan kayfu safongiz qoladi, — quv koʻzlarini suzib iljaydi Eshonxon. Oybek, Ulugʻ yoʻl.
- Ikkov minib tulpor otti, Chopmoqqa havasi ketdi, Kimning oti yugurik, deb. "Erali va Sherali".
- Yugurik barmoq-lar. Yugurik oyoq. Qoʻl yugurigi — oshga, Til yugurigi — boshga. Maqol. n
- U [Abdishukur] bolalik chogʻida dadasi bilan birga yangi shaharda rezavor sotib yurgandayoq, ruschaga tili yugurik boʻlib qolgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- -Ne-ne aqli yugurik donishlar jon bermagan bu yoʻlni solguncha.. — dedi buva. Y. Shamsha-rov, Koʻrk meʼmorlari.
Source: Wiktionary
Views: 0