Explanatory dictionary
yuqmoq
юқмоқ
Meanings
- Birovga oʻtmoq (asosan kasallik ha-qida).
- Oʻz taʼsiriga olmoq, taʼsir qilmoq, boshqaga oʻtmoq.
- Gap yuqmaydi Gap kor qilmaydi, gapni qulogʻiga olmaydi.
- (asosan inkor shaklida) Yaxshi hazm boʻlmoq, tanasiga singimoq..
- Suv yuqmas, suvyuqmas Gap taʼsir qil-maydigan, bezbet.
Examples
- Uning tuproq yuqqan yuzlarida iz qoldirib, toʻxtovsiz yosh oqardi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.
- Gripp — yuqadigan kasallik. Mening kasalim senga ham yuqmasin.
- Eshon ham, otinoyi ham ikkiyuzlama, yolgʻonchi va sassiq gap odam-lar edi, ularning bu odatlari bolalariga ham yuqqan. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Ehtimol, Elmurodning shodligi unga yuqqandir. Shuxrat, Shinelli yillar.
- Uncha-muncha gap manga yuqmaydi-da. Chunki terim poʻst tashlayve-rib, charmga aylanib ketgan. M. Ibrohimov, Egasiga tegmagan maktub.
- Oʻgʻirlik osh badanga yuqmas. Maqol. m
- Bir yering sanchib, boshing aylanib tursa, yegan-ichganing yuqmas ekan. "Mushtum".
- -Boshligʻimiz feʼliga sira tushunib yetmadim. Oʻziyam xup suv yuq-mas ekan-da. Kishiga sira el boʻlay demay-di-ya.. — dedi Ostonaqul. S. Abduqahhor, Sanamay sakkiz dema.
- yoʻlni ham juda tanlab yurardi, shuncha yoʻl yurib, pochasining jiya-giga gard yuqqan emas. A. Muxtor, Opa-sin-gillar.
Etymology
1 Biror narsadan yopishmoq, tegmoq. ◆ Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar, Yomonga yaqin yursang, balosi yuqar. Maqol. n U [Tursunoy
Source: Wiktionary
Views: 0