Explanatory dictionary
zahar-zaqqum
заҳар-заққум
Meanings
- ot, ayn. zahar 2.
- Zahar-zaqqum boʻlmoq ayn. zahar boʻlmoq q. zahar 2.
- sft. Juda ham achchiq; isteʼmol qilib boʻlmaydigan. Zahar-zaqqum dori. Zahar-zaqqum ovqat.
- sft. koʻchma. Kishiga qattiq botadigan, achchiq kinoya, piching, kesatiq.
Examples
- Nafisa xoʻrliklarga goh chidab, xilvatga oʻtib yigʻlab, goho "xudo oʻlim bersin shunaqa turmushga, oltin kosam bor deb, zahar-zaqqum ichgandan sopol tovoqdagi obi-yovgʻon yaxshimasmi", deb.. yurganda, Aʼzam oʻzgarib qoldi. — Shuhrat — Jannat qidirganlar.
- Xalq molini yegandan koʻra zahar-zaqqum ye — Oybek — O.v. shabadalar.
- Elchi bu ziyofat muftiga zahar-zaqqum boʻlganini sezib, suhbatni boʻlishga qaror berdi.. — A. Hakimov — Ilon izidan.
- Zahar-zaqqum boʻlar totigan oshing, Daryo-daryo boʻlib toʻkilar yoshing. — Uygʻun — Tong qoʻshigʻi. Zahar-zaqqum qilmoq ayn. zahar qilmoq q. zahar 2.
- Ajabo, Mavlonqulov bu zahar-zaqqum gaplarga pinak ham buzmadi. — X. Sultonov — Onamning yurti.
Source: Wiktionary
Views: 0