Explanatory dictionary
zang
занг
Meanings
- maxs. Suvda yoki havoda oksidlanish tufayli me-tallar sirtida hosil boʻladigan va uni yemiradigan qizil-qoʻngʻir gʻovak qatlam, parda.
- q. x. Oʻsimliklarning parazit zambu-rugʻlarning sporalari rivojlangan joy-larida (bargi, poyasi, qisman mevasida) paydo boʻladigan zargʻaldoq, qoʻngʻir dogʻdan iborat kasallik.
- Dogʻ, gʻubor; gʻam-alam, anduh.
- Zang bosmoq 1) zang bilan qoplanmoq, zanglamoq.
Examples
- Temirchilar, zanglagan temirni oʻtga solsang, zangi toʻkiladi, deyishadi. — X. Toʻxta-boyev — Felyetondan soʻng.
- Quruq yerga urila-verib zangi ketgan ketmonlar uzoqdan yalt-yalt etib koʻrinar, qoʻshiq, kulgi eshitilar edi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
- Zang zamburugʻlari. Zang kasalligi.
- Artib koʻngillar zangini, Qishni bahor ay-lab keling. — S. Abdulla — Hayot gulshani.
- Dav-lat arboblari aql va adolatni shior qilsa-lar.. hayotning zangini oltinga aylantir-moq mumkin. — Oybek — Navoiy.
- U[Matpano] zang bosgan eskioʻroq topib keldi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Yoʻl chekkasida-gi yantokrshr xuddi zang bosgan simday qov-jirab yotar, chigirtkalar.. saratonning taftiga bardosh bera olmay chirillashar edi. N. Fozilov, Diydor; 2) ishlatil-may yotmoq yoki bir chekkada qolib, unuti-lib ketmoq. -
- Qoʻmondonlik bizni tamom esi-dan chiqardi, shekilli: hali ham zang bosib yotibmiz, — deb yozibdi [yigit]. A. Qahhor, Oltin yulduz; 3) dogʻ, gʻubor, gʻam-alam bilan qoplanmoq.
- Zang bosgan dil.
Source: Wiktionary
Views: 0