Explanatory dictionary
zanjir
занжир
Meanings
- [f. — zanjir, kishan,
- tizimcha] 1 Bir-biriga tartib bilan, bi-rin-ketin oʻtkazilgan, biriktirilgan metall (yoki boshqa qattiq material) halqa-lar shaklidagi, roʻzgʻorda, xoʻjalikda tur-li maqsadlarda ishlatiladigan arqon(cha), tizimcha.
- Bogʻlab qoʻyilgan sherday it bogʻ tomonga qarab irillar, zanjirni uzib yuborguday oʻzi-ni otardi. Gʻulom, Mashʼal.
- '21 YAʼa.
- Metall halqalardan tayyorlangan, eshik yoki darvozalarni berkitib qoʻyishda bir tomoni zulfinga ilinadigan ilgak.
- kesim vazifasida. Zanjir bilan berkitil-gan, zanjirlangan.
- Oltin, qumushdan yasalgan kichik no-zik halqalardan tayyorlangan, boʻyinga yoki qoʻlga taqiladigan ziynat buyumi.
- maxe. Mashina, mexanizm va baʼzi qurilmalarning ketma-ket biriktirilgan halqa-qismlardan iborat egiluvchi, ayla-nuvchan qismi. Shu vaqt oʻrta koʻchada zan-jiri uzilib, yoʻlga koʻndalang boʻlib qolgan tankdan yakka miltiq ovozi eshitildi. I. Rahim, Chin muhabbat.
- Mahbuslarning qoʻli yoki oyogʻiga bogʻ-lanadigan temir halqa; kishan.
- Qullik, asorat; biror narsa-hodisaning qurshovi, iskanjasi.
- Biror narsa yoki kimsalarning uzluksiz, tigʻiz bogʻlanib turgan qatori, tizmasi.
- Ikki narsani, kimsani oʻzaro chambarchas bogʻlovchi narsa; rishta, robita.
- fiz. tex. Uzluksiz, aylanma tizim yoki qator hosil qiluvchi elementlar bi-rikmasi.
- Zanjirday xamir Uzilmaydigan, pishiq xamir.
Examples
- Temir zanjir. Coam zanjiri. m
- Bunaqa zanjirni yanga tugul, qishlogʻimizdagi manman degan temirchi ham uzishi qiyin. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Eshikning zanjirini ilib qoʻying. m
- [Hasa-nali] Zanjirni tushirib, darvozaning bir tabaqasini ochish hamono shu tabaqaga suya-lib turgan Otabek Hasanalining oyogʻi os-tiga yiqilib tushdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Otabek] Jannat opa-ning "eshik zanjir" degan tovushini eshit-gach.. daricha yoniga choʻnqaydi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. •
- Shoir Avaz xonning gʻazabiga duchor boʻladi va zanjirda azob-uqubat bilan vafot etadi. — "Oʻzbek ada-biyoti tarixi".
- ..eskiurf-odatlar zanjiri hamon Gulsumning erkini boʻgʻib, taqdiriga xavf solib turardi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Voqealar zanjiri. m
- Gʻulomjon mirshablar zanjirini uzib, oldinga oʻtdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- [Anvar:] Juftlanishning, menimcha, eng mu-him bir sharti bor, ul ham ikki tarafning muhabbat zanjiri bilan bir-birlariga qat-tiq bogʻlanishlaridir. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Elektr zanjiri.
Source: Wiktionary
Views: 0