Explanatory dictionary
zim-ziyo
зим-зиё
Meanings
- [f. ... — "siyoh" soʻzi-
- ning kuch. shakli: toʻq qora] Hech narsani koʻrib boʻlmaydigan darajada qorongʻi; qop-qorongʻi, tim qorongʻi.
- Zim-ziyo boʻlmoq ayn. zim (yoki zim-gʻoyib) boʻlmoq q. zim.
Examples
- Zim-ziyo tun. shya Mehmonlar koʻchaga chiqqanda, atrof zim-ziyo, yulduzlar ulkan qora chodirga qadalgan behi-sob chiroqlardek yiltillardi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Nesterenkolar qayiqlarda oʻtirib olib, zim-ziyo tunda daryoda.. eshkak tortib borardilar. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Chirildoqlar ovoziga toʻla zim-ziyo choʻl kechasi. — M. Mansurov — Yombi.
- -Oppoq qizim, juda zim-ziyo boʻlib ketding?Xabar ham olay demaysan? — dedi Murod ota. — I. Oʻktamov — Hikoyalar. [Ashir] Zim-ziyo boʻlib ketib, birdan shahar-dagi chayqov bozor oʻrtasidan shoʻngʻib chiqdi. S. Anorboyev, Oqsoy. Zim-ziyo qilmoq Yoʻq qilib yubormoq, yoʻqotmoq; oʻzlashtirib olmoq.
Source: Wiktionary
Views: 0