Толковый словарь
beg‘araz
беғараз
Значения
- Oʻz manfaatini koʻzlamasdan, xolis ish tutadigan, yomonlikni istamaydigan, gʻarazsiz.
- Yomon niyatni koʻzda tutmagan, sidqidillik bilan qilingan; xolisona.
Примеры
- Begʻaraz odam. Begʻaraz doʻst. Xalq gʻamida, el gʻamida kelgan begʻaraz.. kishilarni mingboshi masxara qilar.. quvar deb oʻylamagan edilar. — M. Ismoiliy — Fargʻona t.o..
- Balki biz begʻaraz, shunchaki doʻstlarcha gaplashib yurgandirmiz. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa. ʼ
- Begʻaraz tanqid. Begʻaraz gap. Begʻaraz yordam.
- Koʻpchilik oʻz tarixi va madaniyatining begʻaraz targʻibotchisi sifatida qoldi. — Gazetadan. —
- Yetuk kishilarni yana ming yillar Xalq farzand ataydi, jondan — begʻaraz. — Gʻ. Gʻulom. —
Этимология
be.. + gʻaraz
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0