Толковый словарь
bo‘g‘in
бўғин
Значения
- anat. Gavda suyaklarining togʻaylar, paylar bilan birikkan joylari.
- Bir turdagi qismlardan tashkil toptan suyakning har bir qismi; segment.
- Boʻgʻini boʻshashmoq (yoki qaltiramoq) 1)
- oyoq-qoʻli boʻshashib ketmoq (qoʻrquv, hayajon va shu kabilardan).
- Tanasi bir turdagi qismlardan, seg-mentlardan tuzilgan jonivorlar yoki oʻsim-liklarning har bir qismi.
- Uzviy ravishda bogʻlangan voqea-hodisa, jarayon yoki tashkilot va shu kabilarning har bir halqasi, bosqichi, pogʻonasi.
- koʻchma. Avlod, nayel.
- tlsh. Soʻzning bir nafas bilan aytiladigan, bir yoki bir necha tovushdan iborat boʻlagi.
Примеры
- Barmoq boʻgʻinlari. m Qoʻl suyaklari bir-biriga birikkan harakatchan birikmalar hossh! qiladi, bu birikmalar boʻgʻinlar deyi-ladi. "Zoologiya".
- Boʻgʻinlari gʻadir-budur boʻlib ketgan barmoqlari bilan ogʻzining ikki chetini artdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
- Umurtqa boʻgʻishshri. Boʻgʻinlarim ogʻriyapti. n Paygʻamov barmoqlarini bir-biridan oʻtkazib bukkanda, boʻgʻinlari qirsilladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.
- Mafo-silga giriftor boʻlgan kimsadek, yetmish ikki boʻgʻini zirqirab ogʻridi. S. Siyoyev, Avaz.
- Juman qabulxonaga chiqib, qoʻ-lidagi qogʻozga qaragan edi, boʻgʻinlari boʻshashib, tizzasi qaltirab ketdi. A. Muxtor, Tugʻilish.
- Birdaniga boʻgʻini qaltirab, qoʻrqib qolgan-da. "Bahrom va Gulandom"; 2) mamnun, shod, osoyishta boʻlmoq.
- Toparmanmi, yorim, seni? Boʻgʻinlarim tol-tol boʻshab. "Shirin bilan Shakar".
- Seni koʻrib, bolam, boʻgʻinim boʻshadi, Sening koʻngling daryodayin toshadi. "Oysuluv".
- Chuvalchang boʻgʻinlari. Qamish boʻgʻinlari.
- Toʻgʻri, qogʻozbozlik kamaydi. Lekin xodimlar quyi boʻgʻinlarni bezovta qilishning boshqa usul-laridan foydalanmoqdalar. Gazetadan. Osh-koralik, demokratiya ham intizomning boʻgʻi-niga ashanadi. Gazetadan.
- Yosh boʻgʻin. yat
- Shu ildizdan oʻsib chiqar kelajak boʻgʻin. Gʻ. Gʻulom, Sheʼrlar.
- [Hojar:] Men qanday qilay! Yetti boʻgʻinimizda qulogʻim bunday satang nomini eshitgani yoʻq edi. Hamza, Paranji sirlari.
- Eng aʼlo sifatli — birinchi yoki ikkinchi boʻgʻin duragaylar oʻz-oʻzidan koʻpaytiriladi. "Oʻzbekiston par-randachiligi".
- "Tosh" soʻzi bir boʻgʻindan, "bolta" soʻzi esa ikki boʻgʻindan iborat.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0