Толковый словарь
bo‘g‘iq
бўғиқ
Значения
- Boʻgʻilib, xirillab qolgan, xirildoq, aniq-tiniq emas, noaniq (ovoz haqida).
- Boʻgʻov solib toʻsilgan, biror narsa bilan boʻgʻilgan.
- Boʻgʻib, burib, siqib qoʻyilgan; tor.
- Havosi nam va buzuq, erkin nafas olib boʻlmaydigan.
- Erkin yashab, ishlab boʻlmaydigan; siqiq, ziq, tang.
- Uncha ochiq boʻlmagan, xira (rang, tuye haqida).
Примеры
- -Yoqmaydi! — dedi Anzirat alamnok, boʻgʻiq ovozda. N. Qilichev, Quyun.
- -Oʻzi nima deydi, soʻradingmi? — Abdusamad amakining ovozi boʻgʻiq chiqdi. M. Mansurov, Yombi.
- Yana boyadek boʻgʻiq kulgi ovozi eshitildi. S. Karomatov, Oltin qum.
- Keyin, bir vaqt hushimga keldim. Ogʻzim boʻgʻiq. Qalin narsaga oʻralgan-man. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Yoqasi boʻgʻiq koʻylak. n Katak koʻylagi, pochasi boʻgʻiq koʻk satin shalvari ozoda va oʻziga yarashgan. H. Nazir. Soʻnmas chaqmoqlar.
- Davralarning boʻgʻiq havo-sini jirkanmay shimiradilar. Gʻ. Gʻulom, Yodgor.
- Biz ozdan keyin Amudaryo tomondan es-gan salqin shabada boʻgʻiq havoni tarqatib yuboradi. J. Sharipov, Xorazm.
- Xoʻjayin aytgancha, "uzilmagan gul" boʻlmasa ham, ruhi, qalbi bu chirkin boʻgʻiq muhitda soʻnmagan, toʻzmagan koʻrinadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Boʻgʻiq rang. Rangi boʻgʻiq chit.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0