Толковый словарь
bo‘liq
бўлиқ
Значения
- Yaxshi oʻsgan, durkun; toʻlishgan; toʻla, semiz.
- Boʻrsildoq, koʻpchib turgan, boʻz.
- Yaxshi rivojlangan, baravj; tiqmachoq,
- Moʻl, barakali (hosil haqida).
Примеры
- Laʼlining boʻliq gavdasi unga ikki-uch yosh ulugʻvorlik qoʻshib turar, yaqinda maktabni bitirgan qizga oʻxshamas-di. D. Nuriy, Osmon ustuni.
- Tez-tez nafas olganida, boʻliq koʻkraklari koʻtarilib-koʻtarilib tushadi. — — T. Ashurov — Oq ot
- Bu parivash.. jiyakli qizil atlas lozimi yal-yal yonib, boʻliq boldirini quchoqlab turgan, oʻzi alvon turli gullarni sugʻorib yurgan Shahzodaxon edi. — Komil Yashin — Hamza
- Sharofat xola qurtxonaga kirib, soʻkchakdagi vishillab barg yeb yotgan boʻliq qurtlarni koʻrib, hang-mang boʻlib qoldi. — Gʻayratiy — Dovdirash
- Birov boʻliq yerga omoch solyapti, birovi yosh-yosh oʻgʻillarini yoniga olib, ariq kovlab, yuqoriga tuproq otadi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar.
- Boʻliq tuproq bagʻrini yorib, nozik-yashil maisa uygʻondi. "Saodat".
- ..allaqayoqda boʻgʻiqqan momaqaldiroq guldurab, beozorgina yomgʻir savalab oʻtdi, boʻliq tuproq hidi an-qidi. A. Muxtor, Chinor.
- Bugʻdoy shunday oʻsiq va boʻliq ediki, bu ma-sofadagi pastqam tepaliklar, soyliklar bshinmasdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
- Krvunlar boʻliq palak orasidan moʻralab, meni uz deyayotgandek. Gazetadan.
- Paxtakorlarimiz asosiy eʼtiborni.. boʻliq koʻsak toʻplashga qaratdilar. Gazetadan.
- Gʻoʻzaning shoxlarida marjondek tizilgan boʻliq, semiz koʻsa/slar goʻyo chimmatlarini ochib, jamolini koʻz-koʻz qilayotgan goʻzal qizlarga oʻxshaydi. N. Safarov, Olovli izlar.
- Boʻliq hosil bilan saxiy kuz keldi. E. Rahim, Yangi qadam.
- Oʻz vaqtida, xatoning oldini olib berilgan ishlov gʻoʻzalarning boʻliq hosilga kirishiga yordam berdi. J. Abdullaxonov, Toʻyga kelinglar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0