Толковый словарь
bo‘shamoq
бўшамоқ
Значения
- 1 Band etib yoki ishgol qilib turgan kimsadan, narsadan holi boʻlmoq.
- Ishdan, amaldan, mansabdan qutul-moq, ozod boʻlmoq.
- Qutulib chiqmoq, qutulmoq; xoli, er-kin boʻlmoq.
- Yechilib ketmoq.
Примеры
- Zal boʻshadi. Yoʻl boʻshadi. Uy boʻshadi. Inoq oilada beshik boʻshamas. Maqol. m
- Sabzavot, poliz ekinlaridan boʻshagan yer-larni peshma-pesh haydashga kirishiladi. Gazetadan.
- Hafiza boʻshagan bir stulga borib oʻtirib, sumkasidagi konspektni oʻqishga tutindi. Mirmuhsin, Umid.
- Yodgor yon-veriga alanglab, zal boʻshab qolganini koʻrdi-da, dar-rov oʻrnidan turdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- U raislikdan boʻshadi. m -To "bosdi-bosdi" boʻlguncha, ishdan boʻshab turasizmi-yo? — deb soʻradi. N. Aminov, Qahqaha.
- Oʻrozmat bu yerlardan boʻshab, boshqa ishga oʻtib ketdi. — Gazetadan
- Qizlarxon oxiri er amriga koʻnib, vazifasidan boʻshadi. "Mushtum".
- Turmadan boʻshamoq. Birovning qoʻlidan boʻshamoq. n Gʻulomjon onasining issiq quchogʻidan boʻshab, sekin oʻrnidan turdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Homiladan boʻshagan ona organizmi 3-4 yil dam olishi kerak. "Saodat".
- Zuhra maktabdan boʻshadi deguncha dalaga chopadi. S. Zunnunova, Olov.
- Qishloq ahli qish oylarida ishdan bir oz boʻshab qolishadi. R. Rahmon, Mehr koʻzda.
- It boʻshab ketibdi.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0