Толковый словарь
bo‘shliq
бўшлиқ
Значения
- . Maʼlum chegaralar bilan oʻralgan boʻsh joy; havol joy.
- . Cheksiz olam, fazo, osmon; cheki yoʻq boʻsh joy.
- . Boʻsh yotgan yer, joy.
- . Havosiz joy, vakuum.
Примеры
- Qorin boʻshligʻi.
- Silindr ichidagi boʻshliq. Oqibatda oqsil moddalar qorin boʻshligʻiga sizib tusha boshlaydi. — Gazetadan. —
- Ogʻiz boʻshligʻida hech qanday toʻsiqlarga uchramay hosil boʻladigan, tarkibi ovozdan iborat tovushlar unli tovush deb atsiadi. — "Oʻzbek tili darsligi". —
- Olimlar yaqin vaqtlarga qadar kosmik boʻshliqni oʻrganishni faqat orzu qila olar edilar.
- Zumrad koʻzlarini qorongʻi boʻshliqqa tikkanicha qimirlamay oʻtirardi. — S. Zunnunova — Gulxan.
- Huvillab izgʻiyotgan togʻ shamoli choʻqqilarni yalab oʻtib, bepoyon boʻshliqqa singib ketardi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Shundan keyin bir boʻshliq yer bilan qoʻrgʻonning janubiga qarab ketiladir. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Ayniqsa, bular birinchi qadam qoʻygan yillari bu yerlar huvillab yotgan boʻshliq — sahro edi. — A. Muxtor — Asarlar.
- Ochiq fazo boʻshligʻi.
- Silindr havosini tortib olib, boʻshliq hosil qilmoq.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0