Толковый словарь
bo‘ylamoq
бўйламоқ
Значения
- Oʻz boʻyi bilan oʻlchamoq.
- Boʻynini choʻzib qaramoq; intilmoq.
- Suv, yoʻl va shu kabilarni yoqalab bormoq.
Примеры
- Suvni boʻylamoq. sht
- Oʻlan esga kelmaydi, oʻylasam; Qorasuv boʻy bermaydi, boʻylasam. "Oq olma, qizil olma".
- Yor vaʼdasi qiyin ekan, doʻstlarim, Daryoga tashladim, boʻyim boʻylamay. "Qoʻshiqpar".
- Hamsoyamiz Qulmat polvon bozorlab keldi. Devordan boʻylab, narx-navoni soʻradim. T. Murod, Ot kishnagan oqshom.
- Qizchadan negadir darak yoʻq. Sadbarxon ayvondan oʻsha tomonga boʻylab qoʻyardi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi.
- Nigora dadasining yoniga borib, sekin gazeta-ga boʻyladi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi.
- Oʻzing yashayotgan chamanzordan turib, olisdagi, endi senga begona boʻstonga boʻylaysan. "Yoshlik".
- Yoʻl boʻylab bormoq. Ariq boʻylab yurmoq. n Yuring, oʻrtoq, oʻinaylik, daryolarni boʻylaylik. "Qoʻ-shiqlar".
- Dunyodagi eng maroqli sayr bolalik yillarini oʻtkazgan koʻchalar boʻylab sayr etish boʻlsa kerak. S. Siyoyev, Otliq ayol.
- Yoʻl-chi savatni kaftida tutib, Kalkovuz suvi-ni boʻylab, Taxtapul guzariga chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0