Толковый словарь
boyo‘g‘li
бойўғли
Значения
- Yapaloqqushlar tur-kumiga mansub, tunda ov qiladigan bir turli yirtqich qush.
- Bexosiyat, mashʼum odam haqida.
Примеры
- Oqshom tushganda, Tozabogʻning olis burchagida boyoʻgʻli say-raydi. S. Siyoyev, Avaz.
- Muyassar qabris-tondagi boyoʻgʻlining vahimali "huv-huv" lashidan uygʻonib ketdi-da, qayta uxlay olmadi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa.
- Avvalo, bu boyoʻgʻli emas, haqqush, qoʻrqma. A. Qahhor, Asarlar.
- Oʻrtogʻing boyoʻgʻli boʻlsa, turmushing — vayrona. Maqol. m
- Bundan buyen bogʻimga qadam qoʻymang, siz boyoʻgʻlidan ham battar narsasiz! Qoʻngan yeringizni quritasiz. Mirmuhsin, Chiniqish.
- Butun borliq ogʻir uyquga choʻm-ganday. Faqat Begmat boyoʻgʻligina uxlayol-masdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil.
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0