Толковый словарь
bujg‘un
бужғун
Значения
- Qayragʻochning bir turi, qattiq tanali daraxt.
- Pista daraxtining magʻiz qilmay bujmayib qolgan mevasi (xalq tibbiyotida va boʻyoqchilikda ishlatiladi).
- Oʻsimliklar tanasining turli qism-larida koʻpincha virus, bakteriya, zamburugʻ, hasharotlar taʼsirida hosil boʻladigan gʻurralar.
- Bujgʻun soʻyil Bujgʻun yogʻochidan yasalgan, uch tomoni ogʻir va yumaloq shaklli urush quroli; yoʻgʻon tayoq.
Примеры
- Zokir ota beliga te-shasini qistirib, bujgʻun va qurigan yongʻoq shoxlaridan oʻtin tayyorlashga kirishdi. — Gʻayratiy — Yoshligimiz
- Tosh boʻlsang ham, yoraman, Chinor boʻl yoki bujgʻun. — Q. Muhammadiy
- Tabib qoʻy jigarini ham kabob qilib, bujgʻun sepib yeng, degan ekan, bir-ikki qilibdi, lekin dardi shifo topmabdi. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Bujgʻun, asosan, pista, qayragʻoch kabi daraxt barglarida hosil boʻladi. — "OʻzME"
- Baʼzan serkoʻz, bujgʻun qayragʻochlarni egish juda qiyin boʻlardi. — H. Nuʼmon va Ahmad Shorahmedov — Ota
- ..ertasiga yer ostida yelkasiga uch botmonlik choʻyan gurzi, qoʻlida bujgʻun soʻyil ushlagan barzangi munkarnakir paydo boʻldi. Mirmuhsin, Qahramonnoma. Bujgʻun tayoq Bujgʻun yogʻochidan yasalgan tayoq, hassa.
- Qoʻlga olib bujgʻun hassasini.. — Asqad Muxtor — Asarlar
- Eng oldinda bir nuroniy qalandar.. anvoi rang-barang lattalar beliga bogʻlangan, qoʻlida boshi qaynab bitgan bujgʻun tayoq.. — Gʻafur Gʻulom — Shum bola
Источник: Викисловарь
Просмотров: 0